Yonilgʻi filtri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yonilgʻi filtri - yonilgʻini mexanik aralashmalar va suvdan tozalaydigan qurilma. Ichki yonuv dvigatelitl yonilgʻi bilan taʼminlash tizimida qoʻllaniladi. Yonilgʻi yaxshi tozalanmasa, karbyuratorli dvigatelda jiklyorlarni, dizelsa yonilgʻi nasosi va forsunkani ifloslantirib, ularni ishdan chiqarishi mumkin. Dizel dvigatellarida bir yoʻla dagʻal va mayin tozalovchi Yo. f.dan foydalaniladi. Dagʻal tozalovchi Yo. f. tirqishli metall lenta yoki plastinkalardan iborat boʻlib, yirik zarralarni tutib qoladi. Mayin tozalovchi Yo. f. paxta, ip (qogʻoz) va fetr (maxsus jun)dan tayyorlanib, yonilgʻini juda mayda aralashmalardan tozalaydi. Karbyuratorli dvigatellarda toʻrli va plastinkali filtrlar qoʻllaniladi. YONISH — muayyan miqdorda issiklik va yorugʻlik (alanga) chiqarib, shiddat bilan oʻtadigan murakkab fizik-kimyoviy jarayon. Koʻpincha, Yo. asosini moddalarning oksidlovchi ekzotermik reaksiyasi tashkil etadi. Fizikkimyoviy nazariyaga koʻra, moddalardagi issiklik yoki diffuzion oʻzgarish jarayonlari, portlovchi moddalar, ozon, atsetilenning ajralishi, moddalarning xlor, ftor bilan birikishi, metallarning xlor, natriy oksidi va b. bilan oʻzaro taʼsiri Yo. hisoblanadi. Yo.ning diffuzion (faol zarralarning diffuziyalanishi natijasida tarqalishi) va issiklik (issiklik uzatish natijasida tarqalishi) turlari bor. Diffuzion Yo. past bosimda roʻy beradi (mas, gaz va havo aralashmasining yonishi). Issiqlik Yo. i pechlar, ichki yonuv dvigatellarida oʻtadi. Yonuvchi modda va oksidlovchining agregat holatiga koʻra, gomogen Yo., portlovchi moddalar va poroxlarning yonishi, geterogen Yo. farq qilinadi. Gomogen Yo. — gaz va bugʻsimon yonuvchi moddalarning gazeimon oksidlovchi (mas, havo kislorodi) muhitida yonishi. Gaz pechlari, kameralari, kolonkalari va b.da shunday Yo. roʻy beradi. Portlovchi moddalarning yonishi — portlovchi moddalarning boʻlinish ekzotermik kimyoviy reaksiyasi zonasining oʻzoʻzidan tarqalishi yoki bir qatlamdan ikkinchi qatlamga reaksiya energiyasi (issikdik)ning utishi natijasida portlovchi modda komponentlarining oʻzaro taʼsirlashuvi. Bunda Yo. tezligi portlovchi moddaning tabiatiga, zaryadning bosimi, trasi, zichligiga bogʻliq boʻladi. Bunday Yo.da tashqaridan havo berish shart emas. Geterogen Yo. — suyuq va qattiq yonilgʻining gazeimon oksidlovchi muhitida yonishi. Suyuq moddalarning yonishida ularning bugʻlanishi muhim rol oʻynaydi. Tez bugʻlanadigan suyuqliklarning yonishini gomogen Yo.ga kiritish mumkin. Qattiq moddalar yonganda, koʻpincha, ularning tarkibidagi uchuvchi komponentlar ajralmaydi (mas, metallarning yonishi). Texnikada tarkibida uglerod va maʼlum dorda organik moddalar boʻlgan qattiq yoqilgʻi, mas, koʻmirning yonishi muhim oʻrin tutadi. Yo.ning istalgan turida ikki bosqich — alangalanish va yonuvchi moddaning yonishi hamda Yo. mahsulotlari hosil boʻlguncha yonib tugashi roʻy beradi. Ikkala bosqich uchun ketgan vaqt umumiy Yo. vaqtini tashkil qiladi. Yonilgʻini toʻla yondirish uchun kam vakt sarflash yokish texnikasining asosiy vazifasidir. Qattiq, suyuq yoki gazeimon yoqilgʻi toʻla yonganda ajraladigan issiklik miqdori yoqilgʻining yonish issiqligi deyiladi. Yonish issikligining past va yuqori, solishtirma va hajmiy xillari bor. Past yonish issiqligi yuqori yonish issikligidan yoqilgʻi yonganda hosil boʻladigan suvning bugʻlanishi uchun sarflanadigan issiklik miqdoricha kichik boʻladi. Mas, tosh koʻmirning solishtirma yonish issikligi 28—34 MJ/kg , benzinniki 44 MJ/kg , tabiiy gazning hajmiy yonish issikligi 31 — 38 MJ/m3 (1J=0,239 kal). Yo. jarayonini oʻrganish fan va texnikada, harbiy ishda, kosmik raketalarni uchirishda, kundalik turmushda juda muhim oʻrin tutadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil