Yonilgʻi nasosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yonilg`i Nasosidan yoʻnaltirildi)

Yonilgʻi nasosi - ichki yonuv dvigatelinij yonilgʻi bilan taʼminlash tizimidagi qurilma. Dizel dvigatelidagi Yo.n. korpus, kulachokli val, turtkich, plunjerlar jufti, haydash klapanlari joylashgan nasos kallagi, yonilgʻi miqdorini rostlab turadigan mexanizmlardan iborat. Karbyuratorli ichki yonuv dvigatelida yonilgʻi bakidan yonilgʻini karbyuratorning qalqovuchli kamerasiga zarur miqdorda uzluksiz oqim bilan uzatib turadi, dizellarda esa yonilgʻini aniq belgilangan vaqtlarda har qaysi forsunkata uzatadi va yonish kamerasiga purkash uchun yetarli bosim (12,5—17,5 MPa) hosil qiladi. Karbyuratorli ichki yonuv dvigatellarida diafragmali, dizellarda koʻp plunjerli va bir plunjerli Yo. n. ishlatiladi. Dizellarda ishlatiladigan Yo. n. yuqori va past bosimli xillarga boʻlinadi. Yuqori bosimli Yo. n. yonilgʻini forsunkaga, past bosimlisi esa nasosforsun kaga uzatish uchun xizmat qiladi. Yonilgʻi miqdorini rostlash usuliga qarab, plunjer yoʻli oʻzgaruvchan; yonilgʻi oʻtishini rostlovchi ignali; buriluvchi plunjerli xillarga boʻlinadi. Buriluvchi plunjerli Yo. n. eng keng tarqalgan. Bunda yonilgʻi miqdori richag va ekssentrik yordamida klapanning ochilish paytini oʻzgartirib rostlanadi. Dvigatelda nechta silindr boʻlsa, shuncha plunjer boʻladi. Masalan, 2, 4, 6 plunjerli Yo. n. bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil