Yongʻoqdoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yong‘oqdoshlardan yoʻnaltirildi)

Yongʻoqdoshlar (Juglandaceae) -yopiq urugʻlilar toifasiga mansub ayri tojbargli daraxtlar oilasi. Barglari yirik, toq patsimon, efir moyli. Gullari bir jinsli, changchi gullari kuchaladan iborat. Urugʻchi gullari novda uchida bittadan yoki bir nechtadan joylashgan. Gulqoʻrgʻoni oddiy, 4 bargchali. Urugʻchi guli 2 mevabargchali. Mevasi oshlovchi moddalarga boy qalin poʻst bilan oʻralgan. Magʻzi burishgan, yirik urugʻpallali. 50 ga yaqin turi bor. Osiyoning sharqida va Amerikaning tropik qismlarida koʻp oʻsadi. Oʻzbekistonda yongʻoq turkumiga mansub 1 ta turi yovvoyi holda oʻsadi. Magʻzida 77% gacha yogʻ bor. Bargidan, meva poʻstidan toʻq jigarrang boʻyoq va vitaminlar olinadi. Yogʻochi mebel tayyorlashda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil