Yondiruvchi vositalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yondiruvchi vositalar - dushmanning harbiysanoat obʼyektlari, inshootlari, jangovar texnikasi, jonli kuchlarini yondirish orqali shikastlaydigan qurolaslaha va moddalar. Yo. v. juda yuqori issiqlik hosil qiladi va moʻljaldagi obʼyektlarni yondirib yuboradi. Harbiy ishda Yo. v. (porox, turli moylar) dan foydalanish qadim zamonlardan maʼlum. Birinchi jahon urushida, ayniqsa Ikkinchi jahon urushida keng qoʻllanilgan. Yo. v. yondiruvchi bombalar, yondiruvchi snaryadlar, yondiruvchi oʻq, yondiruvchi bak, yondiruvchi moddalardan iborat (aviatsiya, artilleriya va b. texnika yordamida ishlatiladi). Bombalar dushmanning oʻt olishi qiyin boʻlgan omborlari, jangovar texnikasi, sanoat obʼyektlarini yondirishda ishlatiladi. Bunday bombalar termitli (78—72% temir oksidi bilan 22—28% alyuminiy kukuni aralashmasi) yoki napalmli (quyultirilgan neft mahsulotlari) boʻladi. Portlaganda 1000° dan 2500° gacha issiqlik hosil qiladi. Yondiruvchi snaryadlar termit bilan toʻldirilgan artilleriya snaryadlari va minalaridir. Bunday snaryadlar portlaganda 3000° issiqlik ajraladi. Oʻq oson alangalanadigan narsalar va moddalar (benzin, yogʻoch inshootlar, pichansomon gʻaramlarini) yondirishda qoʻllaniladi. Nishonga tekkanda oʻt oladigan yondiruvchi modda oʻq uchiga joylangan boʻladi. Dushmanning inshootlari, oʻqdori va yonilgʻi omborlari, qoʻshini, t.-yil tarkiblarini yoʻq qilishda yonuvchi suyuqliklar (benzin, kerosin, neft, toshkoʻmir smolasi) aralashmasi aviatsiya yordamida maxsus yondiruvchi baklardan purkaladi. Yo. v. sifatida oq fosfor bilan uglerod sulfid aralashmasi (20:1 nisbatda) ham ishlatiladi. Bunday aralashma bilan toʻldirilgan snaryad va minalar portlaganda katta maydonlarga sochilib ketadi, inshoot, texnika va odamlarga shikayet yetkazadi. Hoz. zamon armiyalari ixtiyorida Yo. v.ning turlituman xillari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil