Yomon qashqirtov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yomon Qashqirtovdan yoʻnaltirildi)

Yomon qashqirtov - Markaziy Qizilqumdagi togʻ. Boʻkantov togʻlarining janubi-sharqiy qismida joylashgan. Eng baland joyi 578 m, uz. 14–15 km, janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa tomon yoʻnalgan. Togʻ janubi-gʻarbga, Mingbuloq botigʻi tomon pasayib boradi. Markaziy qismi baland, bu joyda yon bagʻirlari ancha tik va oʻydimchuqur, tub jinslar yer yuzasiga chiqib qolgan, qirrali, turli eroziya va nurash jarayonlari vujudga kelgan. Boshqa joylarida tub jinslar usti nuragan jinslar bilan qoplangan. Yomon qashqirtov paleozoyning kristalli jinslari (slanets, ohaktosh, konglomerat, qumtosh va b.)dan tashkil topgan. Boʻz qoʻngʻir tuproqlarda siyrak holda biyurgʻun, boyalich, shuvoq oʻsadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil