Yomgʻurchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yomg`urchidan yoʻnaltirildi)

Yomgʻurchi — 1) noʻgʻay mirzasi; 1481 y. shayboniylardan Iboqxon bilan birga Katta Oʻrda xoni Ahmadga qarshi kurashda qatnashgan. 1487 y. Yo. Ivan 111 Vasilyevichdan Qozon xonligi taxtidan agʻdarilgan Alixonni rus tutqunligidan ozod etishni soʻragan. 1500 y. Qozon xoni, ruslarning vassali Abdullatifga qarshi kurashi chogʻida Qozonni qamal qilgan; 2) Astraxon (Ashtarxon) xoni (1547—54). Ivan IV Vasilyevich (Ivan Grozniy) 1554 y. Astraxon xonligiga qarshi yurishi chogʻida taxtdan tushirilgan. Yo. Azovga qochgan, uning oʻrniga taxtga bir necha yil avvalroq Astraxondan quvgʻin qilingan ruslarning vassali Darvishali oʻtqazilgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil