Yomgʻirlatish mashinalari va qurilmalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yomgʻirlatish mashinalari va qurilmalari — q. x. ekinlarini sunʼiy (yomgʻirlatib) sugʻorish agregatlari. Yomgʻirlatish mashinalari dalada traktorlarga oʻrnatib ishlatiladi yoki gidravlik yuritmali oʻz tayanchlarida harakatlanadi. Yomgʻirlatish qurilmalari yomgʻirlatish mashinalaridan mustaqil harakat qila olmasligi (muqimligi) bilan farq qiladi. Asosiy ish organlari purkagich (uchlik) va yomgʻirlatish apparatlaridan iborat (rasmga q.). Bosim kuchi va suv sarfiga koʻra, Yo.m. va q. yaqinga otar (suv 5—8 m uzoklikka otiladi), oʻrtacha masofaga (15—35 m) otar va uzoqqa (40—80 m ga) otar xillarga; ishlash tarziga koʻra, pozi 1. Yomgirlatish mashinalari va kurilmalarining ish organlari: a— yaqinga otar deflektorli uchlik (/—deflektor, 2— voronka); b— uzoqqa otar yomgʻirlatish apparati (/—stvollar; 2— soplo; 3— aylanuvchi tayanchlar; 4— quvur; 5—qanotcha). 2. Harakatlanuvchi yaqinga otar yomgʻirlatish mashinasi. 3. Pozitsion yak^nga otar yomgʻirlatish mashinasi. sion va harakatlanuvchi xillarga boʻlinadi. Pozitsion Yo.m.q. gidratli taqsimlash quvurlari va yaqinga otar uchliklari yoki oʻrtacha masofaga otar apparatlari boʻlgan ikkita yomgʻirlatish qanotlaridan iborat. Bir qanoti ishlayotganda ikkinchisi boshqa vaziyat (pozitsiya) ga oʻrnatiladi. Harakatlanuvch i Yo. m. va q. traktorga oʻrnatilgan yaqinga otar uchlikli, ikki konsolli fermadan iborat. Purkash (yomgʻirlatish) uchun muljallangan suv ariqlardan markazdan qochma nasoslar yordamida olinadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil