Yogʻoch qurilmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yogʻoch Qurilmalardan yoʻnaltirildi)

Yogʻoch qurilmalar - yogʻochdan ishlangan qurilish qismlari. Baʼzilariga metall qoʻshib tayyorlanadi. Vazifasiga koʻra, yuk koʻtaruvchi devor va yuk tushmaydigan pardevor (1rasm); turiga qarab, toʻsin, ferma, ravoq, rom, qubba, qobiq koʻrinishidagi qismlar; oʻzaro biriktirilishiga koʻra, mix, mixchoʻp va boltlar bilan hamda yelimlab biriktiriladigan xillarga boʻlinadi. Yogʻoch qurilmalar qurilish qismlarining qadimgi turlaridan biri. Qadimda yogʻoch mix ishlatilgan yoki hech qanday mix ishlatmasdan qilingan. Mas, sinch devorlarga, ravoklarga mix ishlatilmagan. Yogʻoch qurilmalar arka va toʻsin shaklida yaxlit qilib yoki gʻoʻla, taxta, fanerdan ferma shaklida quriladi (2rasm). Hoz. zamon qurilishlarida birbiriga mixlar yordamida mahkamlanadigan va yelimlab yopishtiriladigan Yogʻoch qurilmalar koʻp qoʻllaniladi. Ayniqsa birbiriga yelimlab yopishtiriladigan Yo. q.dan turli shakl va 1 rasm. Yogʻoch pardevorlarning vertikal kesimlari: A — bir qavatli taxta pardevor keyeimi; B — ikki qavatli taxta pardevor kesimi; I— brusreyka; 2— yopma toʻsini yoki pol toʻsini; 3— tovush izolyasiyasi qatlami.A 2B ‘b 2rasm. Bir va ikki nishabli tomlarning steropillarini oʻrnatish: A— bir nishabli tom steropillari; B — ikki nishabli tom steropillari; 1— oraliq tirgaksiz; 2— bir tirgakli; 3— markaziy ustunlarga ega; 4~ assimmetrik bir qator ustunlarga ega; 5— tirgak va toʻsinlarga ega; 6— ikki qator ustunlarga ega. oʻlchamdagi imoratlar hamda inshootlar qurish qoʻl keladi. Yogʻoch qurilmalardan qishloq xoʻjaligi, sanoat, jamoat binolarida, sport va koʻrgazma zallarida hamda koʻpriklar qurishda foydalaniladi. Yo. q.ni chirishdan saqlash uchun ularga antiseptik moddalar, yongindan saqlash uchun esa maxsus suyukliklar shimdiriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil