Yogʻliq qora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yogʻliq qora (Leptaleum fi lifolium) — karamdoshlar (krestdoshlar) oilasiga mansub bir yillik oʻt, efemer oʻsimlik, boʻyi 5—20 sm. Poyasi sershox, mayda tuklar bilan qoplangan. Bargi ensiz, qalami yoki patsimon qirqilgan. Guli pushti, tojbargi 1 sm. Qoʻzogʻi qalami, oʻtkir uchli, uz. 1—4 sm. Urugʻi qoʻzoqsa 2 qator joylashgan. Mart—mayda gullab mevalaydi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlaridagi choʻl va adirlarda, togʻ yon bagʻirlarida koʻp oʻsadi. Erta bahorda mollar uchun yaxshi ozuqa boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil