Yodidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yodidlar — yodning metall yoki metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalari, yodning baʼzi hosilalari. Y. ning aksarisi suv, spirt va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Y. elementlar, ularning oksidlari yoki karbonatlariga vodorod yodid (yodid kislota) taʼsir ettirib olinadi. Qizdirilganda dissotsiatsiyaga oson uchraydi, natijada erkin holda yod ajralib chiqadi. Y. oʻta sof moddalar (Mas, titan, sirkoniy va b.) olishda qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil