Yodgor Saʻdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Yodgor Saʼdiyev
Asl ismi Yodgor Habibovich Saʼdiyev
Tugʻilishi 12-iyun 1946
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSRIOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ota-onasi Habib Saʼdiy
Bilimi Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomchilik instituti
Mukofotlari Oʻzbek davlat mukofoti (1989), Oʻzbekiston xalq artisti (1998)

Yodgor Habibovich Saʼdiyev — taniqli oʻzbek kino va teatr aktori, rejissyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1998). «Shaytanat» filmidagi Asadbek roli bilan mashhur.

Yodgor Saʼdiyev 1946-yil 12-iyunda Toshkent shahrida tavvalud topgan. 1971-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. 1968-yildan hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri, shuningdek, 1998-yildan «Qalqon» studiyasining badiiy rahbari.

Saʼdiyev ijodi ijtimoiy, falsafiy va gʻoyaviy mazmun ila yoʻgʻrilgan boʻlib, qahramonlar xususiyatini, ijtimoiy muhit bilan munosabatlarini, ichki dunyosi va kechinmalarini psixologik oʻtkir tarzda talqin etishi bilan ajralib turadi. Qahramonga dramatik xatti-harakat, ohang, imo-ishora topa olishi, uning ichki va tashqi tomonini uygʻunlashtira olishi bilan diqqatga sazovor.

«Mirzo Ulugʻbek» spektaklidagi Fransiya elchisi sahnadagi ilk obrazidir. Karl Morr («Qaroqchilar»), Kochkaryov («Uylanish»), ertakchi («Qor malikasi»), Gʻofir («Boy ila xizmatchi»), Prometey («Olovni tashlama, Prometey»), Kichik oʻgʻil («Gʻariblar»), Bobur («Yulduzli tunlar»), Klimkov («Roʻyxatlarda yoʻq»), Arslon («Oyna»), Abdurahmon («Mehrobdan chayon»), Filipp («Roʻyo»), Abror Hidoyatov («Tomosha davom etadi») kabi rollari bilan mashhur.

Saʼdiyev kinoda «Dilbarim»da Abdusalom, «Oʻn uch terak koʻchasi»da Olimjon, «Armon»da Dadaboʻri, «Yengilmas»da Shayx Jaʼfar, 20 qismli «Shaytanat»da Asadbek roli bilan shuxrat qozongan.

«Shaytanat»ning 7-dan 20-qismigacha Saʼdiyev rejissyorlik ham qilgan.

Shuningdek, telefilm, videofilm va telepostanovkalarda ham oʻynagan: «Abu Ali ibn Sino»da Ibn Sino, «Diyonat»da Jabbor, «Girdob»da Yoʻldosh, «Alisher Navoiy»da Badiuzzamon, «Imon»da Orifjon, «Ichkuyov»da Oʻrinboy, «Soʻnggi oʻq»da Jahongir va boshqalar. Iblis devori, Besh qismat, Jigarbandim, Honadon, Oltin tulpor duoibadi Rejissyor sifatida «Aldagani xotin yaxshi» (J.Puare), «Tungi mehmon» (F.Bogdanov), «Hayot eshik ortida» (S.Sirojiddinov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Dublyajda 700 ga yaqin filmda ovoz bergan. Xayrulla Saʼdiyev (akasi) va Jahongir Saʼdiyev (nabirasi) Shaytanat videofilmida rol ijro etgan.

1983-yil «Roʻyo» spektaklidagi Filipp roli uchun «yilning eng yaxshi erkak roli» unvonini olgan. 1989-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati deb tan olingan.

Film[tahrir]

Yil Film nomi Rol
1967 „Dilbarim“ Abdusalom
1968 „Qizil qumlar (Красные пески)“ Yusuf
1969 „Oʻn uch terak koʻchasi“ Olimjon
1971 „Конец снежных пилотов “ Muhaten
1972 „Возраст тревог“
1975 „Ты, песня моя“
1978 „Весенняя мелодия “
1979 „Серое дыхание дракона (Des Drachens grauer Atem)“ Muhaten
1983 „Yengilmas (Непобедимый)“ shayx Jaʼfar
1985 „Minarxarlik Joʻra ovchi (Джура, охотник из Мин-архара)“ Tog'ay
1986 „Armon“ (Уходя, остаются)“ Dadaboʻri
1988 „Чудовище или кто-то другой“
1989 „Manjur varianti (Маньчжурский вариант)“ mayor Misumi
1990 „Облава на одичавших собак“
1998-2003 „Shaytanat“ Asadbek / Asadbekning otasi
2000 „Besh qismat“ Yodgor Saʼdiyev
2008 „Iblis devori“ Ibrohim ota
2011 „Jigarbandim“ Qodirjon
2014 „Bekatdagi odam“ Boss
2014 „Xonadon egasi“
2016 „Shaytanat (21-qism)“ Asadbek
„Abu Ali ibn Sino“ Ibn Sino
„Diyonat“ Abdujabbor
„Oltin tulpor duoibadi“
„Soʻnggi oʻq“ Jahongir
„Girdob“ Yoʻldosh
„Xonadon“
„Ichkuyov“ Oʻrinboy
„Alisher Navoiy“ Badiuzzamon
„Imon“ Orifjon

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]