Yoʻloʻtan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yo‘lo‘tandan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

YoʻloʻtanTurkmanistonning Mari viloyatidagi shahar (1939 yildan). Yoʻloʻtan tumani markazi. Temir yoʻl stansiyasi. Murgʻob daryosining quyi oqimida, Mari sh.dan 61 km janubda, Mari — Sarhadobod yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 27 ming kishi (1999). Yoʻloʻtan 1939 yil gacha temir yoʻl stansiyasi yonidagi aholisi, asosan, savdo-sotiq bilan shu-gʻullanadigan qishloq boʻlgan. 1940—60 y.larida Yoʻloʻtan yaqinida Sariyozi suv om-bori qurilgan. Shaharda paxta tozalash zavodi, trikotaj, ip yigiruv fabrikalari, sut zavodi, mol fermalari bor. Paxta urugʻchiligi va seleksiyasi boʻyicha ilmiy tadqiqot inti faoliyat koʻrsatadi. 6 umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona, maishiy xizmat koʻrsatish va savdo shoxobchalari bor. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil