Yosh tomoshabinlar teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yosh tomoshabinlar teatri, Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Oʻzbek davlat respublika yosh tomoshabinlar teatri — bolalar teatri. Toshkentda rus yosh tomoshabinlar teatri tarkibidagi oʻzbek qoʻgʻirchoq truppasi zamirida 1929 yilda milliy studiya sifatida tashkil etilgan. Teatrning birinchi rej. va aktyori Nurxon Eshmuhamedov, birinchi rassomi Shonazir Shorahimov. 1930 y. studiyachilar bir necha pyesalarni sahnalashtirib professional teatr darajasiga koʻtarildi. 1943 yildan Yoʻldosh Oxunboboyev nomida. 1968 y. teatr rus yosh tomoshabinlar teatridan ajralib chikdi. Teatr asosini A. Ismoilov (asosiy rej.), N. Eshmuhamedov, S. Krbulova, H. Abdullayev, M. Usmonova, M. Soliyev, I. Odilov, 3. Soqiyev, A. Mavlonov, Q. Mavlonova, O. Ibrohimov, J. Tojiyev, Q. Siddiqov, R. Sirojiddinov, U. Rahmon,Sh. Shorahimov va b. tashkil etganlar. Dastlabki yillar teatr repertuari yosh tomoshabinlar qiziqishidan yiroq, asosan tashviqot va targʻibot asarlaridan iborat boʻlgan. 1931 y. truppa Buxoro teatriga birlashtirilib F. Xoʻjayev nomidagi Buxoro oʻzbek davlat drama va Birinchi oʻzbek yosh tomoshabinlar teatri deb atalgan. Ya. Bobojonov badiiy rahbar va bosh rej. qilib tayinlangan. Jamoa qiziqarli spektakllar qoʻyishiga qaramay, oʻz tomoshabiniga ega boʻla olmadi, natijada aktyorlar tarqab ketdi va 1933 y. teatr vaqtincha oʻz faoliyatini toʻxtatdi. 1934 y. Toshkentda Yo. t. t.ning faoliyati qayta tiklandi va teatr jamoasi yangi aktyorlar hisobiga kengaydi. Qisqa vaqt ichida "Qutqarish", "Kurash bolasi" (A. Ismoilov) kabi toʻlaqonli spektakllar sahnalashtirildi. 1937 y. da teatr truppasi Lohutiy nomidagi Toshkent teatr studiyasini bitiruvchilari hisobiga toʻldirildi. Bu davrda teatrda I. Axmedov, T. Tula, O. Tolipov, S. Bayazitova, K. Aʼzamova, Y. Husanboyev, V. Usmonov, N. Doʻstxoʻjayev, M. Krriyev, M. Yoʻldosheva, M. Hamidova kabi aktyorlar, H. Ismatullayev, U. Ismoilov, T. Sachakova, T. Ibrohimova, J. Obidov (badiiy rahbar), Y. Aʼzamov, A. Turdiyev, A. Ismoilov, B. Xoʻjayev, A. Grigoryan kabi rej.lar ijod qilganlar. Teatr repertuari "Zoʻraki tabib", "Veronalik ikki yigit", "Rashkchi chol", "Ikki sergak", "Men kurash bolasi", "Yoriltosh", "Revizor" singari spektakllar bilan boyidi. 1947 yilda alohida sanʼat asarlari va arboblari faoliyatiga nisbatan subyektiv yondashuv hamda iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli truppa faoliyatini vaqtincha toʻxtatib Toshkentdan gastrol safariga joʻnab ketadi. Faqat 1948 y.ning oxirida qayta tashkil qilingan jamoa faoliyat koʻrsata boshladi. Teatr oldingi eng yaxshi spektakllarni tiklash bilan bir qatorda, eʼtiborni asosan ertak janriga va mumtoz asarlarga qaratdi. "Semurgʻ", "Toʻgʻri va egri", "Skapenning nayranglari" va b. shular jumlasidan. 50y.larning oxirlaridan teatr oliy maʼlumotli rej. va aktyorlar (V. Krdirov, K. Xonkeldiyev, B. Nurmuhamedov va b.) bilan taʼminlanadi. 50—80y.lar teatr sahnasidan bolalarga bagʻishlangan "Chiranma gʻoz...", "AliVali", "Qovoqvoy va Chanoqvoy", "Doktor Hakimning gʻaroyib ixtirosi", yoshlar qayotiga bagʻishlangan "Dil tortsa", "Oʻn sakkiz yoshligim", qahramonlik, tarixiybiografik mavzuda "Abdulla Nabiyev", "Amu qahramonlari", "Toshkent — non shahri", "Donishmandning yoshligi", mumtoz asarlardan "Uch mushketyor", "Gavrosh", "Revizor", "Noraso", "Oltin tulpor", shuningdek, "Shum bola" kabi spektakllar sahnalashtirildi. Yo. t. t.ning faoliyati respublikada bolalar teatriga asos solib, bu sohada taraqqiyot yoʻlini belgilab berdi. Teatrda turli yillarda R. Pirmuhamedov, A. Ismatov, M. Kuznetsova, Ya. Bobojonov, I. Ladigin, A. Ginzburg, N. Ivanov, Q. Xoʻjayev, X. Saʼdiyev va b. ijod qilgan. "Ot kishnagan oqshomda" spektaklidan koʻrinish. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng teatr ijodiy hayotida garchand keskin burilishlar roʻy bermagan boʻlsada, uning ijodiy yoʻnalishi qayta koʻrib chiqildi. Asosiy eʼtibor milliy dramaturgiyani rivojlantirish, yosh tomoshabinlar ongida milliy mafkurani shakllantirish, ruhan oziqlantirishda milliy dramaturgiyaga tayangan holda ish olib borish astasekin yoʻlga qoʻyila boshlandi. "Kecha va kunduz" (Choʻlpon), "Mehr koʻp koʻrgazdim" (M. Hazratqulov), "Ming bir kecha" (M. Tursunov), "Hasan kayfiy" (Gʻ. Gʻulom), "Osmondan tanga yoqqan kun" (J. Mahmud), "Eski joʻva gavroshlari" (Sh. Boshbekov) kabi spektakllar birinchidan oʻtmish tariximizga yangicha nazar bilan qarashga undasa, ikkinchidan milliy qadriyatlar, urfodatlar, vatanga muhabbat, mustaqillik gʻoyalariga sadoqatni tarbiyalaydi. Keyingi yillar ijtimoiy, axloqiy masalalarni yorituvchi, yosh tomoshabinlar idroki va tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan, erkin fikrlashga oʻrgatadigan spektakllar teatr repertuaridan oʻrin oldi: "Oq kema" (Ch. Aytmatov), "Oʻz uyingdasan" (M. Boboyev), "Donishmandning yoshligi" (I. Sulton), "Beozor laylaklar" (S. Sirojiddinov), "Qaldirgʻochlar" (M. Hazratqulov), "Qorinbotir" (A. Obidjon), "Essiz umr" (Yo. Mirzo, O. Sharipov), "Hayotbaxsh tomchi" (J. Mahmud), "Ot kishnagan oqshomda" (Togʻay Murod, Respublika festivalida gran Pri mukofoti, 1994), "Alpomish" (N. Toʻlaxoʻjayev), "Boz masharaboz" (O. Salimov), "Advokatlik osonmi" (A. Avloniy) va b. Teatrda M. Yoʻldosheva, T. Hamdamova, Lutfulla va Gulchehra Saʼdullayevlar, D. Abdulazizova, Yo. Ziyomuhamedova, V. Safʼyanova, X. Toshpoʻlatov, F. Aminov, A. Ismoilov, A. Islomov, B. Fozilov, F. Umarova, 3. Askarov, A. Joʻraboyev, X. Otaxonova, H. Abdullayev, M. Qodirov, R. Mahkamov, Sh. Mansurova, 3. Yoʻldosheva va b. aktyorlar ijod qilmokda. Rej. lardan (turli yillarda ishlagan) N. Doʻstxoʻjayev, A. Turdiyev, I. Ahmedov, E. Masofayev, O. Salimov, M. Boboyev, O. Soliyev, M. Mahametov, O. Sharipovlarning teatr ravnaq topishida xizmatlari katta. Teatrning badiiy rahbari va bosh rejissyori,"Shuhrat" medali sohibi - Mahmud Rashidov.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]