Mahmudjon Yoʻldoshev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yo'ldoshev Mahmudjondan yoʻnaltirildi)

Yoʻldoshev Mahmudjon (8-yanvar 1953-yil, Izboskan tumani) — xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (2000). Kuchli, keng diapozonli ovoz sohibi. T. Jalilov nomidagi Andijon musiqa bilim yurtini tugatgan (1973). Ashulachilik sanʼati sirlarini dastlab X. Rahimov, keyinchalik F. Mamadaliyev, F. Hojiqulov, Oʻ. Nuraliyevlardan oʻrgangan. Andijon musiqa maktabi oʻqituvchisi (1973—78), Andijon filarmoniyasi (1979—86), "Maqom" ansamblit (1987 y.dan) xonanda. Repertuaridan makom yoʻllari ("Nasrulloyi", "Nasri Uz zol, "Chapandozi Iroq"), katta ashula ("Oʻzbekiston", "Soz etgali keldik"), bastakorlar asarlari ("Qoshi yosunmu deyin", "Xalqimiz", "Qalandar ishqi", O. Xotamov; "Qadimgi Ushshoq" turkumi, F. Mamadaliyev; "Yorimga ayting", "Qaydasan", "Muhabbat laylosi", A. Ismoilov) va b. oʻrin olgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil