Karim Yoʻldoshev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yo'ldoshev Karimdan yoʻnaltirildi)

Karim Yoʻldoshev (1940.15.1, Toshkent) — rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1980). "Madaniyat va san'at fidokori" ko‘krak nishoni sohibi (2022). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining rejissyorlik fakultetini tugatgan (1965). 1965—75 yillar Namangan teatrida rejissyor, bosh rejissyor, direktor, 1987—98 yillar rejissyor, 1999 yildan yana bosh rejissyor 1975—86 yillar Qashqadaryo teatrida bosh rejissyor. Hozirda O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali, Teatr san'at kafedrasi professori sifatida yoshlarga saboq berib kelmoqda. Eng yaxshi spektakllari: "Sarvqomat dilbarim" (Ch. Aytmatov), "Layli va Majnun" (Xurshid), "Qaroqchilar" (F. Shiller), "Mayna Hasanova" (A. Rahmat), "Gʻariblar" (V. Delmar), "Oʻn uchinchi rais" (O. Abdullin), "Usmon Nosir qayerda" (A. Aʼzamov), "Qatagʻon" (Oʻ. Hoshimov), "Qirol Lirning soʻnggi nabiralari" (Shekspir va Pushkin asarlari asosida), "Alpomish" (A. Jabbor) va b. Hamza teatrida "Sohibqiron Temur" (A. Oripov) spektaklini sahnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil