Kontent qismiga oʻtish

Ylym

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ylym
MamlakatSSSR bayrogʻi SSSR Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston
Asos solingan1952-yil fevral
Asoschi(lar)Turkmaniston fanlar akademiyasi
Vebsaytscience.gov.tm/organizations/ylym-nesiryaty

Ylym (tarjimasi„fan“) — Turkmaniston Fanlar akademiyasi qoshida faoliyat yurituvchi, 1952-yilda Ashxobodda tashkil etilgan turkman davlat ilmiy nashriyoti.

Ylym nashriyoti 1952-yil fevral oyida Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi qoshidagi nashriyot sifatida tashkil etilgan. Nashriyot ilgari SSSR Fanlar akademiyasining Turkmaniston filialida nashr etilgan bosma mahsulotlarni chiqarishni davom ettirgan. 1963-yil noyabr oyida nashriyot „Turkmaniston“ nashriyoti bilan birlashtirilgan va Turkmaniston SSR Davlat nashriyot qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkazilgan. Bu davrda nashrlar hajmi keskin qisqaradi. 1966-yil 1-oktyabrda nashriyot Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi tasarrufiga qaytariladi[1]. Turkmaniston mustaqillikka erishgandan soʻng, nashriyot Turkmaniston Fanlar akademiyasi qoshida oʻz faoliyatini davom ettirmoqda[2].

Nashriyot 1950—1980-yillarda 20616 bosma mahsulotlarni, shundan 17268 kitoblar va risolalarni nashr etgan[1]. Nashriyot fundamental monografiyalar[1], jumladan, „Turkmaniston SSR tarixi“ (1957, ikki jildlik), „Sovet Turkmanistonining qishloq xoʻjaligi va dayxonlik tarixi“ (1979), „Turkman adabiyoti tarixi“ (1967—1982, olti jildlik) chop etgan. Nashriyotda „Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi xabarlari“ (fizika-texnika, kimyo va geologiya fanlari; biologiya fanlari; ijtimoiy fanlar seriyasi), „Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi asarlari“, „Choʻllarni oʻzlashtirish muammolari“ (turkmancha: „Çölleri özleşdirmegiň problemalary“) kabi ilmiy jurnallarni nashr qilgan. Nashriyot, shuningdek, tematik toʻplamlar, lugʻatlar, maʼlumotnomalar va ilmiy-ommabop risolalarni chop qilgan[1].

Nashriyot tomonida oʻn yilliklar davomida (shu jumladan SSSR Fanlar akademiyasining Turkmaniston filiali tomonidan): 1940-yillarda 500 ga yaqin varaq, 1950-yillarda taxminan 3000 varaq, 1960-yillarda taxminan 5500 varaq, 1970-yillarda taxminan 7500 varaqdan iborat bosma mahsulotlar chiqarilgan[1].

  1. 1 2 3 4 5 Шнеер М.С.. Издательство «Ылым» АН ТССР // Туркменская ССР. Энциклопедический справочник. Главная редакция Туркменской советской энциклопедии, 1984 374—584-bet. 
  2. „«Ylym» neşirýaty“. 2026-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 16-aprel.