Yinks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yinks yoki Iinga (qadimgi yunoncha: Ἴϋγξ, soʻzma-soʻz tarjima qilganda „boʻyni aylanuvchi'“) — qadimgi yunon mifologiyasi qahramoni. Afsonaning turli xil variantlarida Pan va Exo yoki Peytoning qizi[1].

U Zevs uchun ichimlik tayyorlagan, shundan soʻng Zevs Ioga boʻlgan ehtiros oʻtida yona boshlagan. Geraqasos olish maqsadida Yinksni kichkina qushga aylantirib qoʻygan (qadimgi yunoncha: Ἴϋγξ) va sirli marosimlarda doimiy ravishda ishtirok etishga mahkum qilgan[1][2].

Antik davrda ushbu qushdan sehr-jodu marosimlarida foydalanilgan. Uni aylanayotgan gʻildirakka bogʻlab qoʻyishgan. Gʻildirakning aylanishi ham, qush boʻynining burilishi ham yoʻqotilgan muhabbatni qaytarishi kerak boʻlgan. Boshqa turdagi aylanadigan sehrli buyumlar va sevgi uygʻotadigan damlamalarga ham mana shunday nom berilgan[3]. Qushchadan sehr-jodu maqsadlarida foydalanish Feokrit[3] tomonidan tasvirlab berilgan. Pindar qasidalarida Afrodita Yasonga Medeyani oʻziga rom qilib olishi uchun gʻildirakka boylangan qushcha bergan[4][2][1].

Yinks ramzi boʻlgan qush bugungi kunga qadar saqlanib qolgan bir nechta qadimiy guldonlar yuzasida tasvirlangan. Odatda uni ayol kishi qoʻlida ushlab turadi, bu uning yoʻqotilgan sevgisini qaytarish istagini ifodalaydi[1].

Antonin Liberal tomonidan hikoya qilingan boshqa bir afsonaga koʻra, Yinks Pierning toʻqqizta qizidan biri boʻlgan. Qizlar xor jamoasini tuzib, muzalar bilan bellashishga qaror qilishadi. Magʻlubiyatga uchragan qizlar ilohlarga qarshi chiqishga jur’at etganlari uchun muzalar tomonidan qushlarga aylantiriladi. Yinks ham qushga aylanib qoladi[5][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Weizsäcker & 1890—1894.
  2. 2,0 2,1 2,2 Smith 1873.
  3. 3,0 3,1 Феокрит 1958.
  4. Пиндар 1980.
  5. Антонин Либерал 1997.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Antonin Liberal. Metamorfozi // Vestnik drevney istorii / Perevod s drevnegrecheskogo, vstupitelnaya statya i kommentarii V.N. Yarxo. — 1997. — № 3—4.
  • Pindar. Pifiyskie pesni // Odi; Fragmenti / Pindar; Vakxilid; izd. podg. M. L. Gasparov.. — M. : Nauka, 1980. — 503 s. — (Literaturnie pamyatniki). — 50 000 ekz.
  • Феокрит, Мосх, Бион. Идиллии и эпиграммы, 15000 экз, Литературные памятники, Издательство АН СССР, 1958.