Yillar armoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yillar armoni
Muallif(lar) Abdulla Oripov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar va dostonlar
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1983
Sahifalar soni 568

„Yillar armoni“, toʻliq nomi „Yillar armoni: Sheʼrlar va dostonlar“oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1983-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.[1] 1987-yil ayni nashriyotda qayta chop etilgan. Toʻplamga muallifning eng mashhur sheʼrlari va dostonlari kiritilgan.

Toʻplam kirish soʻzini Matyoqub Qoʻshjonov yozgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: B. Norboyev – muharrir, V. Loginov – rassom, A. Bobrov – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, S. Tohirova – musahhih. Kitob adadi – 35 000 nusxa.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Yillar armoni“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.