Kontent qismiga oʻtish

Yevpatoriya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yevpatoriya — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1784-yildan), Qora dengizdagi port. Simferopoldan 64 km shimoliy gʻarbda. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 110 ming kishidan ziyod (1990 yillar oʻrtalari). Dengiz boʻyi iqlimiy va balneobalchiq (asosan bolalar) kurorti. Oziq-ovqat (sut, baliq va boshqalar) sanoat korxonalari, mexanika zavodidi bor. Hozir Yevpatoriya oʻrnida mil. av. VI—II asrlarda yunonlarning Karkinitid koloniyasi boʻlgan, soʻngra uni skiflar egallab olgan. 16— XVII asrlarda turklarning Gezlov qalʼasi. Rossiya Qrimni bosib olgach, Gezlov 1784-yidan Yevpatoriya deb ataldi. Jome masjidi (1552, Xoja Sinon) saqlangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil