Yevgeniy Zamyatin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevgeniy Zamyatin
Евге́ний Ива́нович Замя́тин
Zamjatin.jpg
Tavallud sanasi 20 yanvar (1-fevral) 1884 va 1884
Vafot sanasi 10-mart 1937[1][2]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Asarlari tili Rus tili

Yevgeniy Ivanovich Zamyatin [1884.20.1 (1.2), Tambov gubernyasi (hoz. Lipetskiy viloyati) Lebedyani sh. — 1937.10.3, Parij] — rus yozuvchisi. Peterburgdagi Politexnika institutining kemasozlik boʻlimini tamomlagan (1908). 3. adabiy faoliyatini erta boshlagan boʻlsada, "Uyezdnoy" (1913) qissasi chop etilgandan keyin haqiqiy yozuvchi sifatida tanildi. "Ajdar", "Fop", "Iks", "Gunohkorlar hamrohi", "Mamay" va b. asarlarida 1917-yil oktabr davlat toʻntarishidan keyingi shafqatsiz hayotni ayovsiz fosh etadi. "Biz" fantastik romanida (1924) "inqilob beshigi"da roʻy berayotgan zoʻrovonlik, xoʻrlik, huquqsizlik mahorat bilan koʻrsatib berilgan. Shu bois bu romani chet elda (1931) bosilib chikali. 3. 20y.larning oxirlarida "Attila" nomli tarixiy tragediya yozadi. Unda gunnlarkshnt podshohi Attilaning shoh va inson sifatidagi fojiasi bayon qilingan. Bu asarni yozish jarayonida toʻplagan tarixiy hujjatlar asosida "Tangri qamchisi" romanini yaratadi. Roman oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1998).[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. // (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil