Yettinchi
Yettinchi | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Stephen Chow |
Prodyuser(lar) |
Stephen Chow Han Sanping Po-Chu Chui |
Ssenariynavis(lar) |
Stephen Chow Vincent Kok Tsang Kan-Cheong Sandy Shaw Lai-King Fung Chi-Keung Lam Fung |
Rollarda |
Stephen Chow Xu Jiao Zhang Yuqi |
Bastakor(lar) | Raymond Wong Ying-Wah |
Kinematografiya | Poon Hang-Sang |
Muharrir(lar) | Angie Lam, Kendall Murillo Montoya |
Studiya(lar) |
Columbia Pictures Film Production Asia Beijing Film Studio China Film Group Star Overseas |
Distribyutor |
China Film Group Corporation (Xitoy)[1] Sony Pictures Releasing (Xalqaro)[1] |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 88 daqiqa[2] |
Mamlakatlar |
Gongkong![]() |
Tillar |
Cantonese Mandarin |
Byudjeti | US$20 million[5] |
Daromadi | US$47.3 million[1] |
Yettinchi (xitoycha: 長江七號) yoki CJ7 – 2008-yilda Stephen Chow rejissyorligi va ssenariysi asosida suratga olingan Gonkong-Xitoy ilmiy-fantastik, komedik va drama filmi. Shuningdek, Stephen Chow filmda bosh rolni ham oʻzi ijro qilgan. Bu uning aktyor sifatidagi soʻnggi filmi boʻlib, keyinchalik u toʻliq rejissyorlik faoliyatiga oʻtgan[4]. Film 2008-yil 31-yanvarda Gonkongda namoyish etilgan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Choy Ti kambagʻal qurilish ishchisi boʻlib, oʻgʻli Dikki bilan xaroba uyda yashaydi. U oʻgʻlini xususiy maktabda oʻqitishini davom ettirish uchun pul yigʻishga harakat qiladi. Dikki maktabda tengdoshlari, ayniqsa, Jonni ismli bola tomonidan tahqirlanadi. Oʻqituvchilari esa uning eskirgan kiyimlari uchun koyiydi.
Bir kuni Dikki otasidan CJ1 nomli mashhur robot oʻyinchoqni soʻraydi, biroq Ti uni sotib ololmaydi. Doʻkonda Dikki injiqlik qilgani uchun Ti unga tarsaki tushiradi. Oʻsha kecha Ti chiqindi qutidan gʻalati yashil sharni topib, oʻgʻliga olib keladi. Dikki avvaliga shubhalanadi, lekin keyinchalik uni oʻyinchoq sifatida qabul qiladi. Ertasi kuni shar kichik, yoqimtoy mavjudotga aylanadi. Dikki unga CJ7 deb nom beradi va uning moʻjizaviy kuchga ega ekanligini bilib qoladi. Dikki CJ7 yordamida mashhurlikka erishishni va aʼlo baholar olishni orzu qiladi, biroq bu mavjudot uning istaklarini bajara olmaydi. Dikki xafa boʻlib CJ7ni axlatga tashlaydi, lekin keyinchalik pushaymon boʻlib, uni qaytarib oladi.
Bu orada Ti ishdan haydaladi. Dikki testda aldagani aniqlanib, Ti undan gʻazablanib CJ7ni tortib oladi. Keyinchalik Ti ishga qayta qabul qilinadi, biroq baxtsiz hodisa tufayli kasalxonada vafot etadi. Dikki bunga ishonmay uyiga qaytadi. CJ7 Ti’ni tiriltirish uchun barcha kuchini sarflaydi va oddiy qoʻgʻirchoqqa aylanadi. Film oxirida Dikki CJ7ni boʻyniga osib yuradi. Toʻsatdan NUJ paydo boʻlib, undan CJ7ga oʻxshash boshqa mavjudotlar chiqadi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Stephen Chow – Chow Ti;
- Xu Jiao – Dicky Chow;
- Zhang Yuqi – Yuen xonim;
- Lam Chi-chung – Boss;
- Jiro Lee – janob Cao;
- Lei Huang – Johnny;
- Min Hun Fung – Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 CJ7 Box Office Mojoda
- ↑ „CJ7 (PG)“. British Board of Film Classification (2008-yil 30-may). Qaraldi: 2012-yil 24-sentyabr.
- ↑ „Cheung Gong 7 Hou“. BFI Film & TV Database. London: British Film Institute. 2010-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 Buchanan, Jason. „CJ7 (2008)“. Allmovie. Rovi Corporation. 2012-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-yanvar.
- ↑ „Stephen Chow has offers "A Hope"“. Time Out (2006-yil 18-iyul). 2007-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-avgust.