Yesterday

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Yesterday“
The Beatles singli
B tomon „Act Naturally“
Qachon chiqarilgan
  • 6-avgust 1965-yil (Buyuk Britaniya)
  • 13-sentyabr 1965-yil (AQSh)
Yozib olingan 14-, 17-iyin 1965-yil
Studiya EMI, London
Janr Chamber pop[1]
Davomiyligi 2:03
Leybl Capitol
Matn muallif(lar)i Lennon–McCartney
Prodyuser(lar) George Martin
The Beatles AQSh singllar xronologiyasi
„Help!“
(1965)
Yesterday
(1965)
„Day Tripper“ / „We Can Work It Out“
(1965)
The Beatles Buyuk Britaniya singllar xronologiyasi
„Let It Be“
(1970)
Yesterday
(1976)
„Back in the U.S.S.R.“
(1976)
Klipi
„Yesterday“ YouTubeda

Yesterday“ (tarjimasi „Kecha“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiqni Paul McCartney yozgan, ammo Lennon–McCartney muallif oʻlaroq koʻrsatilgan. „Yesterday“ ilk bor 1965-yilning avgustida „Help!“ albomida eʼlon qilingan. AQShda esa oʻsha yilning sentyabrida singl qatori chiqarilgan. Qoʻshiq AQSh xit-paradlarida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan. 1966-yilning martida Buyuk Britaniyada eʼlon qilingan „Yesterday“ mini-albomi hamda 1966-yilning iyunida AQShda eʼlon qilingan „Yesterday and Today“ albomiga kiritilgan.

McCartney torli kvartet bilan ijro etgan „Yestetrday“ The Beatles guruhi aʼzosi ijro etgan ilk yakkaxon qoʻshiqdir. Qoʻshiq bugunga qadar mashhur boʻlib qolmoqda. Qoʻshiqning 2 200 dan oshiq kaver versiyasi yozilgan boʻlib, tarona musiqa tarixidagi eng koʻp kaver qilingan asarlarning biridir.[izoh 1][3] BBC Radio 2 radiosi 1999-yil musiqa mutaxassislari hamda tinglovchilar oʻtkazgan soʻrovda 20-asrning eng yaxshi qoʻshigʻi deb topilgan. 2000-yilda esa „MTV“ telekanali hamda „Rolling Stone“ jurnali „Yesterday“ ashulasini eng yaxshi pop qoʻshiq deb topgan. Qoʻshiq 1997-yil „Grammy shon-sharaf zali“ga (inglizcha: Grammy Hall of Fame) kiritilgan. Broadcast Music Incorporated (BMI) maʼlumotlariga koʻra, qoʻshiq 20-asrda 7 million martadan koʻp ijro etilgan[4].

„Yesterday“ ayriliq haqidagi gʻamgin balladadir. Qoʻshiq ijrochisi sevgilisi bilan birga boʻlgan kechagi kunni qoʻmsaydi[5]. McCartney qoʻshiqni yozib olishda qatnashgan yagona guruh aʼzosidir. Qoʻshiq Beatles guruhining boshqa rilizlaridan shu qadar farq qilganki, guruh aʼzolari qoʻshiq Buyuk Britaniyada singl oʻlaroq chiqarilishiga toʻsqinlik qilgan, ammo boshqa guruhlar tezda ashulaning kaverini singl oʻlaroq chiqara boshlagan. 1976-yilga borib qoʻshiq Buyuk Britaniyada singl oʻlaroq chiqarilgan hamda mamlakat xit-paradida 8-pogʻonagacha koʻtarilgan.

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Guinness World Records“ bir paytlar 2 200 marta kaver qilingan „Yesterday“ ashulasini tarixdagi eng koʻp kaver qilingan qoʻshiq deb topgan. Ammo George Gershwin „Porgy and Bess“ operasi uchun yozgan „Summertime“ ariyasi 30 000 dan oshiq marta kaver qilingani iddao qilinadi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Snoskalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gorlinski 2010, s. 275.
  2. „The Summertime Connection“. 7-sentyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-avgust 2011-yil.
  3. Guinness World Records 2009.
  4. „BMI Announces Top 100 Songs of the Century“. BMI (13-dekabr 1999-yil). Qaraldi: 26-iyun 2016-yil.
  5. „Top 21 Songs About Nostalgia“. Consequence of Sound (3-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 30-iyun 2019-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • The Beatles. The Beatles Anthology. San Francisco: Chronicle Books, 2000. ISBN 0-8118-2684-8. 
  • Cahill, Greg (June–July 2005). „Encore: It Was 40 Years Ago Today – How the Beatles Launched a String-Playing Revolution“. Strings Go to Journal Record. 20:1:130-jild.
  • Coleman, Ray. Yesterday & Today. London: Boxtree Limited, 1995. ISBN 0-7522-1669-4. 
  • Cross, Craig. The Beatles: Day-by-Day, Song-by-Song, Record-by-Record. Lincoln, NE: iUniverse, Inc., 2005. ISBN 0-595-34663-4. 
  • „ENTERTAINMENT | Bruch and Beatles top radio polls“. BBC News (6-aprel 1999-yil). Qaraldi: 3-fevral 2009-yil.
  • Everett, Walter. The Beatles as Musicians: Revolver through the Anthology. Oxford University Press, USA, 1999. ISBN 978-0-19-512941-0. 
  • The 100 Most Influential Musicians of All Time. New York, NY: Britannica Educational Publishing, 2010. ISBN 978-1-61530-006-8. 
  • Hall, Claude. Billboard, 30-oktabr 1965-yil — 40 bet. 
  • Hammond, Ian „Old sweet songs“ (2001). Qaraldi: 28-avgust 2009-yil.

[sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]