Amangeldi Yesboʻlayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amangeldi Kushekbayevich Yesboʻlayev (1945.14.2, Tomdi tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Oʻzbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1968). 1968-yildan Tomdi tumanidagi 1-maktabda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi. U oʻz oʻquvchilarini sogʻlom va baquvvat boʻlib oʻsishi uchun darslarda turli mashqlardan foydalanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil