Yerdagi yulduzchalar
Yerdagi yulduzchalar | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Aamir Khan |
Prodyuser(lar) | Aamir Khan |
Ssenariynavis(lar) | Amole Gupte |
Rollarda |
Darsheel Safary Aamir Khan Tisca Chopra Vipin Sharma Tanay Chheda |
Bastakor(lar) |
Shankar–Ehsaan–Loy Shailendra Barve |
Kinematografiya | Satyajit Pande (Setu) |
Muharrir(lar) | Deepa Bhatia |
Studiya(lar) |
Aamir Khan Productions PVR Pictures |
Distribyutor | PVR Pictures |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 162 daqiqa[1] |
Mamlakat | Hindiston |
Til | Hindcha |
Byudjeti | ₹12 crore |
Daromadi | ₹98,48 crore[2] |
Yerdagi yuzduzchalar (asl nomi: “Taare Zameen Par”)(inglizcha: „Like Stars on Earth“) — 2007-yilda Amir Khan rejissyorligida suratga olingan Hindiston musiqiy-dramatik filmi.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film Mumbayda yashovchi 8 yoshli Ishan Avasti ismli bola haqida hiyoya qiladi. U maktabda oʻqishga qiynaladi, uni hamma oʻrganishni yomon koʻradi va muammo yaratuvchi deb hisoblab, uni kamsitishadi. Koʻpincha uning ijodkorligi, sanʼat va rasm chizishga boʻlgan qobiliyati eʼtiborga olinmaydi. Uning otasi Nandkishor, oʻgʻillarining yutuqlarini kutadigan muvaffaqiyatli rahbar, onasi Maya esa Ishanga taʻlim bera olmasligidan hafsalasi pir boʻlgan uy bekasi. Ishanning katta akasi Yohan namunali talaba boʻlib, Ishan uning soyasida qolib ketadi.
Bir kuni Ishan va uning ota-onasini maktab direktori chaqirib, uning xatti-harakati va baholarini muhokama qiladi. Ishanning muvaffaqiyatsizliklari va yaxshilanmasligi haqida gap eshitishdan charchagan otasi uni maxsus internat maktabga yuboradi. U yerda Ishan oʻzini yolgʻizlanib qolgandek his qilib, tushkunlikka tushib qoladi. Bu holat u yerdagi oʻqituvchilarning qattiq va shafqatsiz rejimi tufayli yanada yomonlashadi. Uning yagona doʻsti — Rajan Damodaran, u nogiron, lekin eng yaxshi oʻquvchilardan biri boʻlib, otasi maktab maʼmuriyatining aʼzosi hisoblangani uchun u yerda oilasi bilan yashaydi. Ishan bir kuni oʻz joniga qasd qilish haqida oʻylab qoladi, lekin Rajanning yiqilib tushishini va unga yordam berish uchun tokchadan tushib, bu fikridan qaytadi. Bir kuni Rajan maktabning qattiqqoʻl tasviriy sanʼat oʻqituvchisi janob Xolkarning maktabni tark etgani va uning oʻrniga boshqasi kelishi haqida xabar beradi.
Rivojlanishida nuqsoni boʻlgan yosh bolalar uchun “Lolalar” maktabining quvnoq va optimist oʻqituvchisi Ram Shankar Nikumb shu kuniyoq internat maktabning sobiq tasviriy sanʼat oʻqituvchisi Xolkar oʻrniga ishga kiradi. Ramning dars uslubi Xolkarnikidan keskin farq qiladi va u dars davomida hech narsa chiza olmaganidan keyin Ishanning baxtsizligini sezadi. U Ishanning ishlarini koʻrib chiqib, uning oʻzlashtirishidagi muammosi disleksiyadan dalolat beradi degan xulosaga keladi. Keyin Ram Mumbaydagi Avastisning uyiga tashrif buyuradi va u yerda Ishanning tasviriy sanʼatga boʻlgan yashirin qiziqishini bilib hayratga tushadi. U Maya va Yohanga disleksiya tufayli Ishan harflar va soʻzlarni tushunishda qiynalishi, sportdagi muvaffaqiyatsizligi esa uning motor qobiliyatining zaifligidan (bu uning poyabzal bogʻichlarini bogʻlashdagi qiynalishiga ham taalluqli) ekanligini koʻrsatib beradi. Nandkishor buni aqliy zaiflik va dangasalik deb uning gaplarini qabul qilmaydi.
Ram maktabga qaytib taniqli disleksiya bilan yashagan odamlar mavzusida dars oʻtadi. U Ishanga bolaligida oʻzi ham disleksiya bilan qanday kurashganini aytib, uni yupatadi. Ram Ishanning tarbiyachisi boʻlish uchun direktordan ruxsat oladi. Ram sekin-asta disleksiya boʻyicha mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan tuzatish metodlaridan foydalangan holda Ishanning oʻqish va yozish qobiliyatini yaxshilash ustida ishlaydi. Oxir-oqibat, Ishanning yurish-turishi ham, baholari ham yaxshilanadi.
Bir kuni Nandkishor maktabga tashrif buyuradi va Ramga Maya bilan disleksiya haqida izlanib, vaziyatni tushunganlarini aytadi. Ramning taʼkidlashicha, Ishanga tushunishdan koʻra, uni sevib, mehr berishlari muhimroq. Nandkishor tashqarida oʻgʻli Ishanning oʻqishga urinayotganini koʻrib, ko‘zlari yoshlanib, o‘g‘li bilan yuzma-yuz turolmasdan ketib qoladi.
Oʻquv yilining oxirida Ram xodimlar va oʻquvchilar uchun tasviriy sanʼat va hunarmandchilik tanlovini tashkil qiladi. Tanlovni rassom Lalita Lajmi boshqaradi. Tanlovda Ishanning ishi gʻolib topiladi. Ishannining portretini chizgan oʻqituvchi Ram esa 2-oʻrinni egallaydi. Maktab direktori Ramning doimiy tasviriy sanʼat oʻqituvchisi sifatida ishga olinganini eʼlon qiladi. Ishanning ota-onasi maktabning soʻnggi kunida Ishanning oʻqituvchilari bilan uchrashganda, undagi oʻzgarishlarni eshitib, hayratga tushishadi. Nandkishor his-tuygʻularini yengib, Ramga rahmat aytadi. Ishan ketishdan oldin oʻqituvchisi Ram tomon yuguradi. Ram esa uni quchoqlab baland koʻtarib oladi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Darshil Safary — Ishan rolida;[4]
- Veer Mohan — Ishanning yoshligi sifatida;
- Aamir Khan — Ram Shankar Nikumbh rolida;[5]
- Tisca Chopra — Maya Avasti rolida;
- Vipin Sharma — Nandkishore rolida;
- Tanay Chheda — Rajan Damodran rolida;
- Sachet Engineer — Yohan Nandkishor Avasthi rolida;
- Aniket Engineer — Yohanning yoshligi sifatida;
- Ramit Gupta — Ranjet rolida;
- Girija Oak — Jabeen Khan rolida;
- Bugs Bhargava va Shankar Sachdev — Sen Sir va Tivari Sir rolida;
- Meghna Malik — oʻqituvchi Viktoriya rolida;
- Sonali Sachdev — oʻqituvchi Irina rolida;
- Lalita Lajmi — oʻzi yaʼni Lalita Lajmi rolida.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „TAARE ZAMEEN PAR (PG) – British Board of Film Classification“ (2007-yil 17-dekabr). 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-oktyabr.
- ↑ „Taare zameen par Box Office“. Bollywood Hungama (2008-yil 15-fevral). Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ Like Stars on Earth Bonus Disc: The Making....
- ↑ Vij. „A leap of faith“. The Hindu (2008-yil 3-fevral). 2008-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-aprel.
- ↑ „In 2002, Taare Zameen Par was still called and registered as High Jump“. Bollywood Hungama (2008-yil 28-yanvar). 2008-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-iyul.