Yer qazirlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yer qazirlar, yer sichqonlar (Soricidae) — hasharotxoʻrlar (sut emizuvchilar) turkumining oilasi. Osiyo, Yevropa, Afrika va Amerika qitʼalarida keng tarqalgan, 21 tacha urugʻi bor. Oʻzbekistonda mitti oqtish (Suncus etruscus), kichik oqtish (Crocidura suaveolens), ola putorak (Diplomesodon pulchellum) va oqqorin oqtish (Crocidura leucodon) uchraydi. Ye. q. sut emizuvchilarning ichida eng maydasi, mas, mitti yer sichqon tanasining uz. 3,5 sm, dumi 2,5 sm cha. Koʻrinishi sichqonga oʻxshaydi, lekin boshining kattaligi, burnidagi uzun hartumchasi va koʻzining kichikligi bilan ulardan farq qiladi. Tanasining usti baxmaddek silliq va mayin qoramtir qisqa jun bilan qoplangan. Tishlari kurak va oziq tishlardan iborat. Oyoklari kalta, tumshu-gʻida moʻylovi bor. Koʻp turlari har xil oʻrmonlarda, baʼzi turlari choʻl va dashtlarda yashaydi. Kutor degan turi hatto suvda yashashga moslashgan. Ye. q. juda xoʻra. Zararkunanda hasharotlar va ularning lichinkalarini koʻplab yeb fonda keltiradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil