Yer osti uy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Yer osti uy ichkarisi. Coober Pedy, Janubiy Avstraliya.

Yer osti uy deb koʻp qismi yer sirtidan pastda joylashgan turar joy inshootiga aytiladi.

Ilk yer osti uylaridan foydalanish Gollandiyada boshlangan boʻlib, Breda shahridan tashqarida joylashgan adirlarning birida Dutchman Frank Siegmund va uning oilasi 6 yil davomida yer ostida joylashgan uyda yashagan. Hozirgi kunga kelib, yer ostida joylashgan uylar ommaviylashmoqda.Danyaning Tiburg shahrida hali qurib bitkazilmagan yettita hashamatli uylar 1997 yilda $296,500 ga baholangan. Bu uylarning haridorgir ekanligining sabablaridan biri shundaki uylarning maʼlum bir qismi yer ostida joylashgan holda, qolgan qismi esa maysazor adirlar bilan birikkan holda quriladi. Bunday uylar nafaqat Danyaliklar tomonidan, balki koʻp sonli Yevropa aholisi tomonidan ham qoʻllab quvvatlanmoqda. Yevropada uylar, ofislar, koʻngil ochar klublar va doʻkonlar uchun yerlar qazilmoqda. Bu turdagi uylar ob-havosi keskin boʻlgan hududlar: Montreal, Canadada qoʻllab quvvatlanmoqda, chunki bu yerlarning tub aholisi qish oylarida sovuqdan yer ostiga qurilgan kompekslar, doʻkon va hattoki shifohonalardan foydalanish orqali sovuqdan himoyalanishadi. Tokioda quruvchilar birdaniga yer osti shaharchasini qurishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, 20 foiz aholi allaqachon yer osti marketlaridan foydalanishmoqda. Katta reklama binolari shahar koʻrkini ochishi bilan birga koʻp yerni ham band qiladi. Kinoteatr, supermarket, omborlar, kutubxonalarga oynak qoʻyish shart boʻlmagani uchun ular yer ostiga qurilgani afzal dep topishmoqda. Bu turdagi uylar katta qulaylikni tashkil etadi. Masalan, 194 hususiy uy-joy qurish uchun 14 gektar yer maydoni kerak boʻladi, lekin shu uylar yer ostiga qurilsa 2,7 gektar maydon yetarli, chunki uylarga ketadigan yoʻllar orni qisqaradi va shu orqali yer maydoni tejaladi. Bir necha metr yer ostida shovqin eng past darajada eshtiladi va uy izalyatsasi masalasi ham ortigʻi bilan taʼminlanadi. Yer osti uylariga talab oshib borayotganing yana bir sababi issiqlik taʼminoti tabiiy, yaʼni yer osti ustki qismiga qaraganda issiqroq, buning ustiga yer osti uylari quyosh batarealari bilan taminlanmoqda. Bundan kelibchiqadiki yer osti uy egalari issiqlik va yoritish toʻlovlaridan ozod boʻladi. Amerikada 1973 yilda kelib chiqqan yoqilgʻi yetishmovchiligi sababli 10,000 uy qurib bitkazildi. Britaniya ham oʻz yer osti arxitekturasini Nottinghamshire shahrida qurilgan koshonasi bilan namoyish etdi. Italyada esa Olivetti vakilik markazi Ivrea shahrida yer ostida joylashgan. Bu elchixona 1969 yili Roberto Olivetti tomonidan tanlangan boʻlib, 82 yotoqhona, 12 yashash uchun modjallangan xonalar, yashash uchun uy va mehmonxonadan tashkiltopgan bu elchixona Olivetti ishchilari uchun mahsus.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.