Yer harorati birligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yer harorati birligi – Yer poʻstining har xil chuqurlikdagi haroratini Selsiy gradusi birligida oʻlchanadigan miqdori. 100° izotermalar 2,2 km dan 6,2 km gacha chuqurlikda, 500° li izotermalar 9 km dan 53 km gacha chuqurlikda namoyon boʻlishi aniqlangan. Ye.h.b. asosan geotermii gradiyent bilan bogʻliq. Shim. va Markaziy Tyanshanda temperatura gradiyenti 7—40°/km ni tashkil qiladi, oʻrtachasi 25°/km ga teng . Mas, Tyanshan togʻlaridagi botiqdarda burgʻilash bilan ochilgan Yer poʻstidagi tog jinslari haroratini bevosita oʻlchash natijalari asosida 100° va undan ortiq izotermalar haritasi tuzilgan. Issiklik oqimining zichligi 16—134 Vt/m2 miqdorda boʻlib, oʻrtachasi 55 Vt/ m2 ga teng . Chatqol-Qurama rayonida 30°/ km va undan ortiq miqdorga ega.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil