Yer tekislagichlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yer Tekislagichlardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Yer tekislagichlar - oʻzlashtiriladigan yerlarni va ekin ekiladigan dalalarni ekin ekish va sugʻorish uchun qulay holatga keltirib tekislaydigan q. h. mashinalari; uzun ramali, [[choʻmichli va agʻdargichli xillari bor]]. Uzun ramali Ye. t. traktorlarga tirkab ishlatiladi. Choʻmichli Ye. t. dalalarni uzil-kesil tekislashda qoʻllaniladi. Ish organi oldi, usti va tubi ochiq choʻmich kovshdan iborat. U ramaga mahkamlanadi. Choʻmichning quyi qismiga doʻngliklarni kesuvchi pichoq oʻrnatilgan. Ye. t.da choʻmichni maʼlum balandlikka oʻrnatadigan mexanizm bor. Ye. t. harakatlanganda choʻmich 20 sm gacha boʻlgan doʻngliklarni kesib, pastqam joylarga surib tekislaydi. Ye. t. gidravlik mexanizm va lazer nurlari bilan ishlaydigan avtomatik rostlash mexanizmlari bilan rostlanadi.

Agʻdargichli Ye. t. ekin ekish oldidan tuproqqa ishlov berish uchun xizmat qiladi; ish organi harakat yoʻnalishiga nisbatan bir oz kiya oʻrnatilgan bir yoki bir nechta yassi yoki yoysimon agʻdargichlardan iborat. Bular 3 guruhga boʻlinadi: yer tekislagich-mola, ekin ekish oldidan tuproqni tekislagich-yoygich va sudratma (volokusha)li Ye. t. sholi ekish uchun suv bostiriladigan dalalardagi notekisliklar 3 sm, egatdan sugʻoriladigan dalalarda 5 sm, sunʼiy yomgʻirlatib sugʻoriladigan dalalarda esa 10 sm dan oshmasligi lozim. Agʻdargichli Ye. t.ning qamrov kengligi 6–8 m. Yer tekislagichmolaning ish organi gidrotsilindr yerdamida old tomonga qiyalantirilganda tuproq notekisliklarni kesadi, orqaga qiyalantirilganda esa dala betini bir oz zichlaydi (molalaydi). Tekislagichyumshatkich tishli tirma (borona) bilan qoʻshib ishlatiladi, u dala betini 10 sm chuqurlikda yumashatib, ketidan tekislab ketadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil