Yer qazish mashinalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yer Qazish Mashinalaridan yoʻnaltirildi)

Yer qazish mashinalari - tuproq va togʻ jinslarini qazish, kesish, oʻpirish, maydalash va maʼlum masofaga toʻkish uchun moʻljallangan mashinalar. Quruklikda va suv ostida ishlaydigan hamda gidravlik (suv otib ishlaydigan) turlari bor. Quruklikda ishlaydiganlari yer qazish-tashish mashinalari va ekskavatorlarga boʻlinadi. Yer qazish-tashish mashinalariga skreper, buldozer, greyder, avtogreyder, greyder-elevator va b. kiradi. Bunday mashinalar qazilgan tuproq yoki togʻ jinsini bir necha metrdan 5 km gacha masofaga toʻkishi mumkin. Ekskavator quruklikda ishlaydigan Ye. q. m.ning eng keng tarqalgani hisoblanadi. Suv ostida ishlaydigan va gidravlik Ye. q. m.ga gidromonitor, zemlesoslar, zemlesosli snaryadlar va b. kiradi. Ye. q. m. yer qazish, togʻ jinslarini kesish-oʻpirish ishlarini toʻla mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil