Kontent qismiga oʻtish

Yeonjun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yeonjun - 최연준
Tavalludi Choi Yeon-jun
13-sentyabr 1999-yil (1999-09-13) (26 yosh)
Seongnam, Janubiy Koreya
Janrlar K-pop
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • Qo'shiq muallifi
  • Raqqos
Faoliyat yillari 2019-yil – hozirgacha
Leybllar Big Hit
Guruhlari Tomorrow X Together
Fuqaroligi Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Imzosi

Choi Yeon-jun(Koreyscha: 최연준; 1999-yil 13-sentabrda tugʻilgan), Yeonjun nomi bilan tanilgan, Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va raqqosdir. U 2019-yilda Big Hit Entertainment tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyalik yigitlar guruhi Tomorrow X Together aʼzosi hisoblanadi. U 2024-yil sentabr oyida „Ggum“ qoʻshigʻi bilan yakkaxon ijrochi sifatida debyut qildi va 2025-yil 7-noyabrda No Labels: Part01 nomli ilk mini-albomini chiqardi.

Bolalik yillari va taʼlim olishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Choi Yeon-jun 1999-yil 13-sentabrda Janubiy Koreyaning Bundang District, Seongnam shahrida tugʻilgan. Oilada yolgʻiz farzand boʻlgan. U ingliz tilini oʻrganish maqsadida ikki yil davomida Amerika Qo'shma Shtatlarida yashagan, soʻng Janubiy Koreyaga qaytgan[1]. Korean Arts yuqori maktabini tamomlagach, u Global Cyber Universitetigaga oʻqishga kirgan[2].

2019-yildan hozirgacha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 10-yanvarda Big Hit oʻzining yangi yigitlar guruhi Tomorrow X Togetherning yaqin oradagi debyuti haqida eʼlon qildi. Yeonjun guruh tarkibida birinchi boʻlib tanishtirilgan aʼzo boʻlib, u leyblning rasmiy YouTube kanali va ijtimoiy tarmoqlarida joylangan tanishtiruv videosi orqali ommaga taqdim etildi[3]. 2019-yil 4-mart kuni guruhning rasmiy aʼzosi sifatida,Tomorrow X Togetherning ilk mini-albomi – The Dream Chapter: Star bilan debyut qildi[4].

Hamkorlik ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil fevral oyida Yeonjun amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi Salem Ilesening „PS5“ nomli singlida, guruhdoshi Taehyun va norvegiyalik DJ Alan Walker bilan birga ishtirok etdi[5]. 15-mart kuni u aktyorlar Roh Jeong-eui va Seo Bum-june bilan birga Inkigayo dasturining boshlovchisi sifatida eʼlon qilindi[6].

Iyul oyida Yeonjun Privé Alliance nomli brendning elchisi boʻldi. Shuningdek, u mehmon ijodiy dizayner sifatida faoliyat yuritib, keyingi oyda taqdim etilgan va dekabrgacha sotuvda boʻlgan cheklangan kapsula kolleksiyasini chiqardi[7].


  1. „Yeonjun of Tomorrow X Together: the instant K-pop idol who expresses his creativity through dance“. South China Morning Post (2020-yil 25-mart). 2022-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-fevral.
  2. „Tomorrow X Together: Conoce qué estudiaron los miembros de TXT“ (es). El Comercio (2022-yil 30-yanvar). 2022-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-fevral.
  3. Herman, Tamar (January 10, 2019). „BTS' Label Announces New Boy Band TXT: Meet the First Member, Yeonjun“. Billboard. January 11, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 9, 2022.
  4. Herman, Tamar (February 7, 2019). „TOMORROW X TOGETHER Announces First Album 'The Dream Chapter: STAR'. Billboard. February 24, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: February 27, 2019.
  5. Yeo, Gladys „Hear Salem Ilese's new single 'PS5', featuring TXT and Alan Walker“. NME (2022-yil 23-fevral). 2022-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  6. Hwang, So-young „ko:[단독 TXT 연준·노정의·서범준, SBS '인기가요' 新MC 낙점“] [[Exclusive] TXT Yeonjun, Noh Jeong-ui, and Seo Beom-jun to be selected as new MCs for SBS 'Inkigayo'] (ko). JTBC (2022-yil 15-mart). 2022-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
  7. „EXO member Baekhyun's streetwear brand Privé Alliance gets TXT's Yeonjun as its new ambassador & guest creative director“. Bollywood Hungama (2022-yil 9-iyul). 2022-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.