Yengil avtomobillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yengil avtomobillar - 2 kishi dan 8 kishigacha moʻljallangan avtomobillar. Dvigateli silindrlarining ish hajmiga qarab, mikrolitrajli (hajmi 1200 sm3 gacha), kichik litrajli (1200 dan 1800 sm’ gacha), oʻrta litrajli (1800 dan 3500 sm1 gacha) va katta litrajli (3500 sm3 dan ortiq) Ye. a. boʻladi. Mikrolitrajli va kichik litrajli Ye. a.ning barcha gʻildiraklari mustaqil osmali, oʻrtacha litrajli. Ye. a.ning old gʻildiraklari mustaqil osmali, ketingi gʻildiraklari ressorali boʻladi. Katta litrajli Ye. a.da avtomatik transmissiya, rulni burishni yengillashtiradigan gidravlik kuchaytirgich, gildiraklarning avtomatik tizimlari qoʻllaniladi. Ye. a. yopiq, ochiq va ochiladigan kuzovli boʻlishi mumkin.

Kuzovining xiliga qarab, Ye. a. quyidagicha nomlanadi: 1) sedan — ikki qator oʻrindiqli, 4—6 oʻrinli, toʻrt eshikli, yopiq kuzovli; 2) limuzin — uch qator oʻrindiqli, 7—8 oʻrinli, toʻrt eshikli, yopiq kuzovli; 3) koʻpe — ikki qator oʻrindiqli, 4—6 oʻrinli, ikki eshikli, yopik, kuzovli; 4) kabriolet — tepasi ochiladigan kuzovli; 5) faeton — usti ochiq, yoʻlovchilarni quyosh nuri, yomgʻirdan toʻsuvchi soyabon va olinadigan yon devorlari bor; 6) sport — ikki oʻrinli Ye. a.; 7) universal — 3 yoki 5 eshikli, usti choʻzinchoq kuzovli, uning ketingi qatoridagi oʻrindigʻini yigʻib qoʻyish mumkin; 8) pikap — 2—3 oʻrinli yopiq, ketingi yuk tashiladigan qismi ochiq; 9) 9 oʻrinli yopiq. Oʻzbekiston avtomobil sanoatida ishlab chiqarilayotgan "Neksiya", "Damas", "Tiko", "Matiz" avtomobillari Ye. a. hisoblanadi (qarang Avtomobil, Avtomobil sanoati),[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil