Yem-xashak briketlari
Yem-xashak briketlari - taxtacha ozuqa, taxtacha (briket) koʻrinishida presslangan ozuqa. Dagʻal xashaklar (pichan, somon va b.) yoki mineralli, vitaminli yoki boshqa qoʻshimchalar qoʻshilgan konsentrlangan ozuqalar (kunjara, shrot va b.), shuningdek, bu ozuqalar aralashmalaridan tayyorlanadi. Ozuqalar briketlanganda isrof boʻlishi kamayadi, omborxonalarda kam joyni egallaydi, ozuqa toʻla isteʼmol boʻladi, tashish qulaylashadi. Briketlashda biriktiruvchi va taʼmini yaxshilovchi komponent sifatida mellassadan foydalaniladi. Ye.-x. b. zichligi 500—700 kg/m3; uz. 70 mm, kesimi 30— 60 mm, namligi 9—15%, uqalanishi koʻpi bilan 15% qilib ishlab chikariladi. Barcha toʻyimli va biologik faol moddalar bilan boyitilgan boʻlib, hayvonlar turi, jinsi, yoshi, fiziologik holati va mahsuldorligiga qarab alohida retseptlarda ishlab chiqariladi. Ularni quruq holida, maydalab yoki ivitib mollarga berish mumkin. Briketlarni tayyorlashda maxsus yem-xashak briketlash mashinalari qoʻllanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qishloq xoʻjalik hayvonlarini oziqlantirish, T., 1999. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |