Yem-xashak toʻyimligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yem-Xashak To‘yimligidan yoʻnaltirildi)

Yem-xashak toʻyimligi - yemxashakning hayvon organizmini zarur oziq moddalar va energiya bilan taʼminlay olish darajasini ifodalaydigan sifat koʻrsatkich. Har qanday ozuqaning toʻyimliligi ozuqa birligi bilan oʻlchanadi hamda ozuqa tarkibidagi hazm boʻladigan oqsil, organik va mineral moddalar, mikroelementlar, vitaminlar miqdori ham hisobga olinadi. Ye.-x. t.ni baholash negizini ozuqaning kimyoviy tarkibi, hazm boʻlishi, mahsuldorlikka taʼsirini aniqlash (suv, quruq modda, protein, yogʻ, kletchatka, azotsiz ekstrakt moddalar, kul) tashkil etadi va toʻyimlilik umumiy energetik toʻyimlilik va proteinli toʻyimlilikka ajratiladi.

1933-yildan har xil ozuqalarning toʻyimliligiga baho berishda 1 kg oʻrtacha sifatli suli doni toʻyimligi qabul qilindi. 2005 kkal almashinuvchi energiya bir energetik ozuqa birligi sifatida qabul qilingan. Almashinuvchi energiya — bu ozuka tarkibidagi organik moddalarning hayvon organizmida hazm boʻlib, qon va limfalarga singgan qismi energiyasidir. 1 kg ozuqa birligi 10,5 mJ (megajoul)ga teng (1 kaloriya = 4,18 joul).

E.-x. t. asosida ozuqa ratsioni tuzishda maxsus jadvallardan foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil