Yelpigʻich dumli qushlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yelpig‘ich dumli qushlardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Yelpigʻich dumli qushlar, yangi qushlar (Ornithuare, yaʼni Neornithes) — qushlar kenja sinfi. Arxeopteriksdan tashqari hamma qushlarni oʻz ichiga oladi. Tumshugʻi muguz bilan qoplangan, umurtqalari egarsimon (geterotsel), oxirgi dum umurtqalari oʻzaro qoʻshilib pigostilni hosil qiladi. Bu joyga dum patlari yelpigʻich hosil qilib birikadi (Ye. d. q. nomi shundan olingan), qanotlaridagi barmoqlari skeleti oʻzaro birikkan va qisman reduksiyaga uchragan, miyasi yirik va murakkab tuzilgan. Zamonaviy tasnifga binoan tishli qushlar, suzuvchi qushlar, ixtiornislar va yangi tanglayli qushlar katta turkumlariga boʻlinadi, 34 turkum va 9600 (jumladan hozirgi 8660) turni oʻz ichiga oladi. Barcha muhit — suv, havo, quruushk, hatto qisman yer osti muhitini egallagan (guaharo va salangalar gʻorlarda yashaydi). Odatda yaxshi uchadi, koʻpchiligi quruklik yuzasida va suvda yashaydi. Ayrim turlari ikkilamchi tarzda uchish qobiliyatini yoʻqotgan. Ye. d. q.ning xattiharakati juda murakkab boʻlib, mukammal tovush va koʻrish signallariga ega; ovozi, patlarining rangi va shakli xilma-xil boʻladi. Ular ancha mukammal tuzilishga ega boʻlgan koloniya, tuda, doimiy juft va b. uyushmalar hosil qiladi (qarang Qushlar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil