Yelpigʻich qanotlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yelpig‘ich Qanotlilardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Yelpigʻich qanotlilar (Strepsi ptera, yaʼni Rhipiptera) — parazit hasharotlar turkumi. 300 turi maʼlum. Pardaqanotlilar, saratonlar, toʻgʻriqanotlilar, beshiktervatarlar, qandalalar, ikki qanotlilar va qildumli hasharotlarda parazitlik qiladi. Juda mayda hasharotlar (uz. 1,5—4 mm). Jinsiy dimorfizm yaqqrl koʻzga tashlanadi. Erkaklarining tanasi bosh, koʻkrak va qoringa boʻlinadi; ogʻiz organlari kuchli reduksiyalangan, oziqlanmaydi; oldingi qanoti oʻsimta shaklida; keyingi qanoti keng pardasimon, tinch holatda yelpigʻichga oʻxshab, taxlanib turadi. Urgʻochi Ye. q. hayoti davomida hasharotlar ichki organlarida parazitlik qiladi; oyogʻi va qanoti boʻlmaydi; boshi koʻkragi bilan qoʻshilib, boshkoʻkrakni hosil qiladi. Ye. q.ning qurtlari odatda oʻsimlikka oʻrnashib olib, oʻz xoʻjayinining yaqinlashishini kutib turadi. Xoʻjayini tanasiga yopishib olgan parazit maxsus ferment yordamida uning xitin poʻstini eritib, tana boʻshligʻiga kirib oladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil