Kontent qismiga oʻtish

Yelkanlar jangi

Koordinatalari: 36°16′55″N 30°15′39″E / 36.281898°N 30.260732°E / 36.281898; 30.260732
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yelkanlar jangi
Ridda urushlarining bir qismi
Sanalar 655-yil
Urush yeri Finikedagi Likiya sohili, Onadoʻli,
Oʻrta yer dengizi
36°16′55″N 30°15′39″E / 36.281898°N 30.260732°E / 36.281898; 30.260732
Natija Roshidun xalifaligining gʻalabasi
Qoʻmondonlar
Roshidun xalifaligi Vizantiya imperiyasi
  • Constans II
Kuchlar
200 ta kema 1000 ta kema

Yelkanlar jangi (arabcha: مَعْرَكَة ذَات الصَّوَارِي‎) – 655-yilda Abu al-Avar as-Salamiy qoʻmondonligidagi Roshidun xalifaligi kuchlari hamda imperator Constans II (h. 641–668) boshchiligidagi Vizantiya imperiyasi oʻrtasida kechgan dengiz jangi.

Jang Suriya hokimi Muoviya I ning Konstantinopolga kirib borish uchun olib borgan dastlabki yurishlarining bir qismi boʻlib, islom olamida musulmonlarning chuqur mintaqalarda olib borgan birinchi hal qiluvchi jangi boʻlgan[1][2].

Tarixchi Tabariy ushbu dengiz jangi al-Voqidiy tomonidan keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, milodiy 651–652 (hijriy 31), Abu Maʼshar as-Sindiy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra esa 654–655-yillarda (hijriy 34) sodir boʻlganini qayd etgan[3]. Armanistonlik Sebeos hamda vizantiyalik Theophanesning maʼlumotlari ham Abu Maʼsharniki bilan toʻgʻri keladi[4].

Musulmon flotining Yelkanlar jangi oldidan jooʻnab ketishi 1964-yilda nashr etilgan „Tarix al-Islom al-Musavvar“ asarida tasvirlangan.

650-yillarda arab xalifaligi Sosoniylar imperiyasini toʻliq zabt etib, Vizantiya imperiyasi hududlariga muvaffaqiyatli yurishlarini davom ettirdi. 645-yilda Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sahv oʻzining togʻasi, Roshidun xalifasi Usmon tomonidan Amr ibn al-Osning oʻrniga Misr hokimi etib tayinlandi. Usmon 649-yilda Muoviyaga Kipr oroliga bostirib kirishga ruxsat berdi va bu yurishning muvaffaqiyati Misr hukumati tomonidan dengiz harakatlarini amalga oshirish uchun zamin yaratdi. Abdulloh ibn Saʼd kuchli dengiz flotini qurdi va mohir dengiz qoʻmondoni sifatida tanildi. Uning qoʻl ostida musulmon dengiz floti bir qator gʻalabalarni qoʻlga kiritdi, jumladan, 646-yilda Vizantiyaning Iskandariyaga qarshi hujumini qaytarishga muvaffaq boʻldi[5].

654-yilda Muoviya Kappadokiyaga yurish uyushtirdi, uning floti Abu al-Avar qoʻmondonligi ostida Onadoʻlining janubiy qirgʻoqlari boʻylab harakatlandi. Imperator Constans esa oʻzining yirik floti bilan unga qarshi chiqdi[6].

Ikki kuch hozirgi Finike porti yaqinida, Likiya[7] sohilidagi Finike togʻi yaqinida uchrashdi.

Tabariyning taʼkidlashicha, toʻfon tufayli Vizantiya va arab kemalari bir-biriga juda yaqin kelgan va natijada ular raqiblari bilan qoʻl jangini olib borgan. Arablar urushda gʻalaba qozongan. Biroq urushda ikkala tomon ham katta yoʻqotishlarga uchragan, imperator Constans esa qiyinchilik bilan Konstantinopolga qochib qutulgan. Theophanesning yozishicha, imperator oʻzining zobitlaridan biri bilan kiyimlarini alishtirib olgan va shu tufayli qochishga muvaffaq boʻlgan[8].

  1. Ridpath, John Clark. Ridpath’s Universal History, Merrill & Baker, Vol. 12, New York, p. 483.
  2. O'Sullivan, Shaun (2004-01-01). "Sebeos' account of an Arab attack on Constantinople in 654". Byzantine and Modern Greek Studies 28 (1): 67–88. doi:10.1179/byz.2004.28.1.67. ISSN 0307-0131. 
  3. The History of al-Ṭabarī (40 vols), SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1985–2007. ISBN 978-0-7914-7249-1. 
  4. Theophanes the Confessor, Chronographia, in J. P. Migne, Patrologia Graeca, vol.108, col.705
  5. Carl F. Petry (ed.), The Cambridge History of Egypt, Volume One, Islamic Egypt 640–1517, Cambridge University Press, 1998, 67. ISBN 0-521-47137-0
  6. Salvatore, Cosentino. "Constans II and the Byzantine navy" (en). Byzantinische Zeitschrift 100 (2). ISSN 0007-7704. https://www.academia.edu/776570. 
  7. Probably Mount Olympos south of Antalya, see „Olympus Phoinikous Mons“ in Barrington Atlas of the Greek and Roman World, map 65, D4.
  8. Theophanes the Confessor, Chronographia, in J. P. Migne, Patrologia Graeca, vol.108, col.705