Yelkada kurash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yelkada Kurashdan yoʻnaltirildi)

Yelkada kurash — milliy yoshlar oʻyini. Oʻzbek kurashidan kelib chiqqan. Oʻyinning oddiy kurashdan farqi — musobaqa faqat tepada, yelka ("ikkinchi qavat")da boʻladi. Kurashni faqat yelkadagi oʻyinchilar olib boradi, pastdagi oʻyinchining vazifasi yelkadagi odamning tizzalaridan mahkam ushlab unga koʻmaklashishdan iborat. Kurashda kim birinchi boʻlib raqibini toʻshakka yoki yerga agʻdarib tushirsa oʻsha gʻolib hisoblanadi. Agar ikkala kurashchi baravar agʻdarilib tushsa, qaytadan kurashishi lozim. Bu oʻyin maysazorda yoki toʻshaklar toʻshalgan sport zalida oʻtkazilishi mumkin. Raqiblar jamoalarga boʻlinib ham musobaqalashadilar. Ye. k. "Alpomish oʻyinlari" festivali musobaqalariga kiritilgan. Ye. k. oʻyini bolalar va yoshlarning jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil