Kontent qismiga oʻtish

Yeliz Başa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yeliz Başa

Yeliz Başa 2013 yilda NEC Red Rockets klubi bilan.
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Tavallud sanasi 13-avgust 1987-yil (1987-08-13) (38 yosh)
Beykoz, Istanbul, Turkiya
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Vazni 79 kg (174 lb)
Turmush oʻrtogʻi Yeliz Askan
Sport
Mamlakat AQSh
Qaysi sport Voleybol
Pozitsiyasi qarshi hujumchi/tashqi hujumchi
Klubi San Diego Mojo

Yeliz Başa (turkcha: Yeliz Başa; 1987-yil 13-avgust, Beykoz, Istanbul, Turkiya) — turkiyalik voleybolchi. Turkiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi tarkibida 2014-yilgi Yevropa Ayollar Voleybol Ligasi musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Yeliz Başa sportdagi faoliyatini 14 yoshida oʻzi tugʻilib oʻsgan shaharchadagi Beykozspor klubi yoshlar jamoasida boshlagan. Oradan bir yil oʻtib, Beşiktaş klubiga oʻtgan[1]. 2002—2004-yillarda yoshlar jamoasida, 2004—2006-yillarda oʻsmirlar jamoasi tarkibida oʻynaganidan soʻng, asosiy jamoaga qabul qilingan va 2012-yilgacha shu yerda faoliyat yuritgan.

2011—2012-yilgi mavsumdagi muvaffaqiyatli oʻyinlari unga Turkiya ayollar milliy voleybol terma jamoasiga qabul qilinish imkonini bergan.

2012–2013-yilgi mavsumda u Yaponiyaning NEC Red Rockets klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan, shu tariqa Yeliz Başa Yaponiyada faoliyat yuritgan ilk turkiyalik ayol voleybolchi boʻlgan[2]. Jamoasi bilan Yaponiyaning V.Ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan. 28 oʻyinning 23 tasida gʻalaba qozonilgan. Koʻplab oʻyinlarda “eng yaxshi oʻyinchi” deb topilib, jamoasining chempionlik unvonini qoʻlga kiritishida katta hissa qoʻshgan.

Keyingi mavsumda esa Janubiy Koreyaning Hyundai Hillstate klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan va shu bilan Koreyada oʻynagan ilk turkiyalik voleybolchi boʻlib tarixga kirgan.

Shundan soʻng yana Yaponiyaga qaytib, 2014—2016-yillarda NEC Red Rockets klubi tarkibida oʻynagan. 2016-yilning yozida Chexiyaning Agel Prostejov klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilning yanvarida esa Turkiyaning Halbank jamoasiga transfer sifatida oʻtgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda Yeliz Başa Onur Başa bilan turmush qurgan.

  • 2009 – Bolqon Kubogi: “Eng yaxshi hujumchi”, Beşiktaş bilan
  • 2019 – Tailand–Daniya Super Ligasi: “Eng yaxshi tashqi hujumchi”, Nakhon Ratchasima klubi bilan
  • 2020–2021 – Tailand Ligasi: “Eng yaxshi qarshi hujumchi”, Nakhon Ratchasima klubi bilan
  • 2003–04 – Turkiya ayollar voleybol ligasi: Ikkinchi o‘rin, Beşiktaş bilan
  • 2008 – BVA Kubogi: Chempion, Beşiktaş bilan
  • 2009 – BVA Kubogi: Chempion, Beşiktaş bilan
  • 2014 – Koreya KOVO Kubogi: Chempion, Hyundai Hillstate bilan
  • 2013 – Kurowashiki Yaponiyada barcha klublar o‘rtasida voleybol chempionati: Ikkinchi o‘rin, NEC Red Rockets bilan
  • 2014–15 – Yaponiya Voleybol Ligasi/V.League/V.Premier League: Chempion, NEC Red Rockets bilan
  • 2016–17 – Chexiya ayollar voleybol ekstraligasida: Chempion, Agel Prostějov bilan
  • 2018–19 – Indoneziya Proliga: Chempion, Jakarta PGN Popsivo bilan
  • 2018–19 – Tailand Ligasi: Chempion, Nakhon Ratchasima bilan
  • 2019 – Tailand–Daniya Super Ligasi: Ikkinchi o‘rin, Nakhon Ratchasima bilan
  • 2020–21 – Tailand Ligasi: Ikkinchi o‘rin, Nakhon Ratchasima bilan
  • 2022 – Indoneziya Proliga: Chempion, Bandung BJB Tandamata bilan
  • 2022 – Premier Volleyball League Reinforced Conference: Uchinchi o‘rin, Creamline Cool Smashers bilan.

Milliy terma jamoa bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2012 – Jahon Gran-prisi: Uchinchi o‘rin
  • 2014 – Yevropa Ligasi: Chempion.
  1. „Beykozlu voleybolcu Yeliz Başa'nın Güney Kore macerası başladı“. milliyet.com.tr. Qaraldi: 16-avgust 2025-yil.
  2. „Yeliz Başa Japonya'ya döndü“. hurriyet.com.tr. Qaraldi: 17-avgust 2025-yil.
  3. „Yeliz Başa Çek Cumhuriyeti'ne transfer oldu“ (tr) (2016-yil 25-avgust). Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
  4. „Yeliz Başa Halkbank'ta“ (tr) (2017-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.