Yelena Obrazsova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yelena Vasilyevna Obrazsova (1939.7.7, Sankt-Peterburg — 2015.12.1, Leipzig) — rus xonandasi (metsso-soprano). Xalq artisti (1976). Leningrad konservatoriyasini tugatgan (1964). Toʻlaqonli va kuchli ovoz, yuksak vokal hamda dramatik mahorat sohibasi. 1964 yildan Katta teatrning yetakchi yakkaxon xonandasi. Opera sahnasida Marfa ("Xovanshchi-na", M. Musorgskiy), Lyubasha ("Shoh qayligʻi", N. Rimskiy-Korsakov), Karmen ("Karmen", J. Bize), Eboli, Azu-chena ("Don Karlos", "Trubadur", J. Verdi) kabi bosh partiyalarni ijro etgan. Konsert repertuaridan kamervokal asarlari keng oʻrin olgan. Yevropa, Osiyo, Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. P. Chaykovskiy nomidagi (Moskva, 1970), F. Vinyas nomidagi (Barselona, 1970) va boshqa xalqaro tanlovlar golibi. Glinka nomidagi Rossiya Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1973).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil