Yelboʻgʻoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yelbo‘g‘ozdan yoʻnaltirildi)

Yelboʻgʻoz, tuxum istisqosi (Mola hydatidosa) — trofoblastik kasallik; xavfsiz oʻsma deb ham yuritiladi, chunki baʼzan ayrim bemorlarda Ye. metastazi kuzatiladi. Ye. oʻsishi homila tuxumining ilk muddatlarida sodir boʻlib, bunda xorion vorsinkalari uzum shingiliga oʻxshash pufakchalar toʻplamiga aylanadi. Homila tuxumi butunlay Ye. pufakchalariga aylanishi yoki ayrim hollarda embrion saqlanib, platsenta Ye.ga aylanishi kuzatiladi. Baʼzan Ye. pufakchalari bachadonning muskul (miometriy) kavatiga ham oʻsib kiradi va bachadon devorining sirtiga, shuningdek, atrofidagi toʻqimalarga ham oʻtishi (destruksion Ye.) mumkin. Ye. dastlab xuddi homiladorlikday kechsada, tezda kon keta boshlab, uzluksiz davom etadi. Bachadon homiladorlikning tegishli oyidagiga nisbatan kattaroq boʻladi; ona organizmi bilan homila orasidagi moddalar almashinuvi izdan chiqadi, koʻpincha homila nobud boʻladi. Ultratovush (UZI) apparati Ye.ni oson aniqlash imkonini beradi. Ye.ni oʻz vaqtida aniqlab oldini olish zarur, aks hrlda qon ketishi, infeksiya rivojlanishi, xavfli oʻsma (xorionepitelioma)ga aylanib ketishi mumkin. Davolash: bachadonni qirib tozalab Ye. olib tashlanadi va ayol maʼlum muddatgacha tibbiy tekshiruvdan oʻtib turadi. Ye. boʻlgan ayolga bir yilgacha takror homilador boʻlishiga ruxsat etilmaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil