Ye Weichao

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ye Weichao
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ye Weichao
Tavallud sanasi 18-fevral 1989-yil (1989-02-18) (35 yosh)
Tavallud joyi Guangzhou, Guangdong, Xitoy
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Guangdong South China Tiger
Raqami 42
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2010 Guangzhou Pharmaceutical
2005—2006Bristol City (Ijara)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2010Guangdong Sunray Cave (Ijara) 60 (30)
2011—2014 Guangzhou Evergrande 6 (1)
2013Meizhou Kejia (Ijara) 7 (5)
2014Guangdong Sunray Cave (Ijara) 15 (4)
2016 Zhejiang Yiteng 2 (0)
2017—2019 Meixian Techand 39 (10)
Milliy terma jamoa
2011 Xitoy 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 3-noyabr uchun)

Ye Weichao (talaffuzi: Ye Veychao) (xitoycha: 叶伟超 1989-yil 18-fevralda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy birinchi ligasi klubi Guangdong South China Tiger jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ye oʻz professional futbolchilik faoliyatini 2007-yilda Guangzhou Pharmaceutical jamoasidan Guangdong Sunray Cavega ijaraga berilganida boshlagan. U 2007-yilning 23-iyunida Ningbo Huaaoga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi golini kiritgan[1]. Ye 2008-yilgi liga mavsumida doimiy ravishda maydonga tushadigan boʻlgan. U klub uchun oʻn bitta gol urgan, bu esa oʻsha mavsumda Guangdong Sunray Caveni Xitoy 1-ligasiga chiqishini taʼminlagan. Ye 2009-yilning dekabr oyida Guangzhouning asosiy jamoasiga chaqirilgan. 2010-yil mart oyida u yana Guangdong Sunray Cavega ijaraga berilgan[2]. U 2010-yilgi mavsumda yigirmata oʻyinda oʻn toʻrtta gol urgan.

Ye 2011-yilgi mavsum oldidan Guangzhou Evergrandga qaytgan. U 2011-yilning 15-mayida „Guangzhou“da debyut qilgan, 67-daqiqada Renato Kaja o‘rniga maydonga tushgan va klubdagi ilk golini ham kiritgan[3]. Biroq, u 2013-yil iyul oyida Xitoyning ikkinchi liga jamoasi „Meizhou Kejia“ga ijaraga berilgan. 2014-yil fevral oyida Ye bir yillik ijara shartnomasi asosida Guangdong Sunray Cavea qaytib kelgan. 2014-yil oxirida „Guangzhou Evergrand“ni tark etganidan keyin Gonkong Premer-ligasi vakili „Kitchi“ va „Jiangxi Liansheng“da sinovladan oʻtgan, ammo jamoa bilan shartnoma imzolay olmagan.

2016-yilning 26-fevralida Ye Xitoyning Birinchi Liga klubi Zhejiang Yiteng bilan shartnoma imzolagan[4]. U 2016-yilning 9-iyulida „Zhejiang“ safida „ Tianjin Quanjian“ga qarshi kechgan oʻyinning, 63-daqiqasida Li Gen o‘rniga maydonga tushgan[5].

2017-yil 21-yanvarda Ye Liganing ikkinchi vakili Meixian Techandga oʻtgan. 2018-yil 11-noyabrda u 2018-yilgi Xitoy 1-ligasi pley-off o‘yinlarining qo‘shimcha vaqtida „Shaanxi Changʻan Athletic“ga qarshi o‘yinda Meixian uchun g‘alaba to‘pini kiritgan va bu Meixian Techandning ikkinchi bosqichda qolishini taʼminlagan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ye Xitoy terma jamoasi safidagi debyutini 2011-yil 26-mart kuni Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:2) o‘tkazgan va 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda Gao Linning goliga assistentlik qilgan[6].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liga Kubok Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Xitoy Liga FA Kubogi CSL Kubogi Osiyo Boshqa Jami
2007 Guangdong Sunray Cave Xitoy Ikkinchi Ligasi 12 2 - - - - 12 2
2008 17 11 - - - - 17 11
2009 Xitoy Birinchi Ligasi 11 3 - - - - 11 3
2010 20 14 - - - - 20 14
2011 Guangzhou Evergrande Xitoy Super Ligasi 4 1 0 0 - - - 4 1
2012 2 0 0 0 - 0 0 0 0 2 0
2013 0 0 0 0 - 0 0 0 0 0 0
2013 Meizhou Kejia Xitoy Ikkinchi Ligasi 7 5 0 0 - - - 7 5
2014 Guangdong Sunray Cave Xitoy Birinchi Ligasi 15 4 1 0 - - - 16 4
2016 Zhejiang Yiteng 2 0 0 0 - - - 2 0
2017 Meixian Techand Xitoy Ikkinchi Ligasi 24 9 1 0 - - - 25 9
2018 Xitoy Birinchi Ligasi 15 1 1 0 - - 1 1 17 2
Jami Xitoy 129 50 3 0 0 0 0 0 1 1 133 51

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guangzhou Evergrand

  • Xitoy Superligasi : 2011, 2012
  • Xitoy FA Superkubogi : 2012-yil
  • Xitoy FA kubogi : 2012-yil

Shahsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xitoy ligasining ikkinchi eng yaxshi toʻpurari: 2008-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]