Kontent qismiga oʻtish

Yazid ibn al-Muhallab

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yazid ibn al-Muhallab
Umaviylar xalifaligining Xurosondagi hokimi
Mansab davri
702 – 704
Hukmdor Abdulmalik (h. 685–705)
Oʻtmishdoshi Al-Muhallab ibn Abu Sufra
Vorisi Al-Mufaddal ibn al-Muhallab
Umaviylar xalifaligining Iroqdagi hokimi[lower-alpha 1]
Mansab davri
715 – 717
Hukmdor Sulaymon
Oʻtmishdoshi Yazid ibn Abu Kabsha as-Saksakiy
Vorisi Al-Jarroh ibn Abdulloh al-Hakamiy (Xurosonda)
Abdulhamid ibn Abdurahmon ibn Zayd ibn al-Xattob (Kufada)
Adiy ibn Artat al-Fazoriy (Basrada)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 672 yoki 673
Vafoti 720-yil 24-avgust
Aqr, Vavilon yaqini
Bolalari Xolid
Muxallad
Muoviya
Ota-onasi Al-Muhallab ibn Abu Sufra (otasi)
Said yoki Yazid ibn Qabisa ibn Sarraq al-Azdiyning qizi

Yazid ibn al-Muhallab al-Azdiy (arabcha: يزيد بن المهلب) (672/673-yilda tugʻilgan – 720-yil 24-avgustda vafot etgan) – VIII asr boshlarida Iroq va Xurosonda xizmat qilgan Umaviylar xalifaligi sarkardasi. 720-yilda Umaviylarga qarshi Iroqning bir qator keng koʻlamli qoʻzgʻolonlarining oxirgisiga rahbarlik qilgan.

Yazid ibn al-Muhallab 702-yilda otasi, taniqli sarkarda al-Muhallab ibn Abu Sufraning oʻrniga Xuroson hokimi etib tayinlangan. 704-yilda Umaviylar noibi Hajjoj ibn Yusuf tomonidan lavozimidan boʻshatilib, qamoqqa tashlangan. Taxminan 708—709-yillarda qamoqdan qochgan va Falastinda Umaviylar shahzodasi Sulaymon ibn Abdulmalikdan panoh topgan[1]. Sulaymon 715-yilda xalifa boʻlgach, Yazidni Iroqqa hokim etib tayinlagan. Yazidning faoliyati harbiy va diniy ishlar bilan chegaralangan, viloyat xazinasi Solih ibn Abdurahmon tomonidan boshqarilgan va u Yazidning ortiqcha sarf-xarajatlarga qoʻl urishini cheklab qoʻygan. Keyingi yili Xuroson boshqaruvi ham Yazidning vakolatiga oʻtgan. Yazid Hajjojning qarindoshlari va u tomondan lavozimga tayinlangan shaxslarini taʼqib qilgan, hukumat lavozimlariga esa oʻzi tegishli boʻlgan Banu Azd qabilasi aʼzolarini tayinlagan.

  1. Iroq hokimiyati Kufa, Basra va ularga qarashli hududlardan iborat edi. Bu hududlar Xuroson, Seyiston va Bahraynni o‘z ichiga olgan.
  1. Crone 1994.