Yaxlit boshlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yaxlit Bosh Suyaklilardan yoʻnaltirildi)

Yaxlit boshlilar, yaxlit bosh suyaklilar — togʻayli baliqlar kenja sinfi. Skeleti togʻaydan iborat. Yuqori jagʻ suyagi yaxlit. Yuqori jagʻ togʻayli bosh qutisi bilan qoʻshilib ketgan (golostiliya, nomi shundan). Terisi yalangʻoch, baʼzan tishchalar yoki tangachalar bilan qoplangan. Tishlari naysimon dentin, emalsiz, koʻpincha qoʻshilib plastinka hosil qiladi. Jabra yoriqlari 2 juft, teri burmalari bilan yopilgan. Yaxlit boshlilarning 1 ta ximerasimonlar turkumiga birlashadigan bir necha oʻn xil turi bor.