Kontent qismiga oʻtish

Yashil masjid (Bursa)

Masjid
Yashil masjid
turkcha: Yeşil Camii
Yashil masjid
Mamlakat Turkiya
ShaharBursa
Koordinatalar40°10′55″N 29°04′28″E / 40.18194°N 29.07444°E / 40.18194; 29.07444
Meʼmoriy uslubIslom va Usmoniylar meʼmorchiligi
MeʼmorHacı İvaz Pasha
Binokorlik14121424
Minoralar soni2
Minoralar soni2

Yashil masjid (turkcha: Yeşil Camii), Mehmed I masjidi nomi bilan ham tanilgan, yirikroq majmua (külliye)ning bir qismi. Turkiyaning Bursa shahri sharqiy qismida, Usmoniylar 1453-yilda Konstantinopolni egallab olishidan oldingi sobiq poytaxti. Majmua masjid, Yashil maqbara, madrasa, umumiy oshxona va hammomdan iborat. Yashil masjid nomi uning yashil va koʻk rangdagi ichki kafel bezaklaridan kelib chiqqan[1]. Masjid UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[2].

Yashil masjid ilk Usmoniylar meʼmorchiligining choʻqqisi hisoblanadi[3].

Yashil masjid Usmoniylar imperiyasini qayta birlashtirish uchun akalari bilan olib borgan kurashdan soʻng, 1413–1421-yillarda hukmronlik qilgan sulton Mehmed I tomonidan bunyod ettirilgan[4]. Masjid qurilishi 1412-yilda boshlangan, uning kirish eshigi ustidagi yozuvga koʻra, qurilish ishlari 1419-yil dekabr yoki 1420-yil yanvar oylarida (hijriy 822-yil Zul-hijja oyi) nihoyasiga yetgan[5][6]. Qurilishga sulton Mehmed I ning sarkardalaridan biri, meʼmor, sanʼat homiysi, vazir Hoji Ivaz posho rahbarlik qilgan[7]. Mehmed I ning vafotidan soʻng uning qabr majmuasi boʻlgan Yashil maqbara uning oʻgʻli va vorisi sulton Murod II tomonidan bunyod ettirilgan boʻlib, ushbu maqbara ham majmua hududida joylashgan[4]. Maqbara qurilishi 1421-yilning may oyida yakuniga yetkazilgan[8].

Sulton Mehmed I ning vafotidan keyin ham masjidga bezak berish ishlari davom etgan[9]. Kirish eshigi tepasidagi Hünkâr Mahfilidagi xattotlik yozuvida bezak berish ishlari 1424-yilning avgustida (827-yil Ramazon oyining oxirida) naqqosh Ali bin Ilyos Ali tomonidan yakuniga yetkazilgani qayd etilgan[10]. Ali ibn Ilyos Ali oʻziga yordamchi sifatida „Tabriz ustalari“ deb nom olgan turli hunarmandlarni jalb qilgan[11]. Bu haqida masjid mehrobining atrofidagi koshinlardagi yozuvda „Tabriz ustalarining ishlari“ deya qayd etilgan[10]. Gʻarbiy Erondagi yirik va taniqli sanʼat va madaniyat markazi boʻlgan Tabriz Yashil masjidga Temuriylar taʼsirining kirib kelishida muhim rol oʻynagan, chunki XIV–XV asrlar davomida bu shahar Temuriylar tomonidan bir necha bor bosib olingan[12]. XV asr tarixchisi Oshiqposhozodaning soʻzlariga koʻra, Hoji Ivaz posho masjid qurilishiga yordam berishi uchun boshqa yurtlardan ham usta va mahoratli hunarmandlarni olib kelgan[11]. Kirish eshigi tepasidagi Hünkâr Mahfili ichidagi forsiy yozuvlar esa masjid koshinlariga usta Mehmed al-Majnun tomonidan bezak berilganligini qayd etadi[9][13].

Qayta tiklash ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1855-yilda Bursada sodir boʻlgan 7,5 magnitudali zilzila tufayli majmua zarar koʻrgan va 1863-yildan boshlab fransuz arxitektori va rassomi Léon Parvillée tomonidan rejalashtirilgan loyiha asosida keng koʻlamda taʼmirdan oʻtkazilgan[14]. Taʼmirlash ishlarining aynan qaysi sanada nihoyasiga yetkazilgani nomaʼlum. Usmoniylar madaniy merosini saqlash homiysi Ahmet Vefik posho arxitektor Parvilleedan shaharning XIV va XV asrga oid imperiyaning asosiy yodgorliklarini qayta tiklashni soʻragan. Qayta tiklash va taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan vaqtda Bursa zamonaviy shaharga aylangan[15].

Parvillée 1851-yilda ilk marta Usmoniylar imperiyasi poytaxti Istanbul shahriga tashrif buyurgan, keyinchalik 1855-yilda bu yerga koʻchib kelgan. Parvillée Usmoniylar imperiyasida boʻyoqchi, pudratchi va meʼmor boʻlib xizmat qilgan[16]. Usmoniylar imperiyasida yashagani, u yerda olib borgan faoliyati, shuningdek, meʼmorchilik yoʻnalishidagi keng koʻlamli tadqiqotlari tufayli ilk Usmoniylar meʼmorchiligi uslublarining asosiy jihatlarini yaxshi bilgan[16]. 1906-yilda Fransiyaning Bursadagi konsuli Parvilléening 1862-yildan 1867-yilgacha Bursada qolganini taʼkidlagan, biroq usbu maʼlumot birmuncha bahsli hisoblanadi. Arxitektor Parvilléening Usmoniylar imperiyasida zarar koʻrgan binolarbu qayta tiklash rejasini tuzib, soʻngra Bursadan ketgani yoki koʻrsatmalarining amalga oshirilishini shaxsan oʻzi nazorat qilgani maʼlum emas. Biroq uning 1867-yilda Parijga qaytib, Exposition Universelle koʻrgazmasida namoyish etilgan turk pavilyonini loyihalashtirgani, uning qurilish ishlariga kirishgani bir qancha hujjatlar bilan tasdiqlangan[17].

Meʼmor Parvillée masjidning ichki va tashqi koʻrinishini, jumladan, kafel bilan bogʻliq ishlarini bajarish bilan shugʻullangan[18]. Masjid portalidagi qora chiziqli koshinlarni qayta tiklagan[19]. Masjidning ikki minorasi Parvillée tomonidan binoning eski asosi ustida qayta qurilgan[20]. Ilgari devor va shiftlarning yuqori qismlariga turli ranglar bilan ishlov berilgan bezak namunalari qayta tiklanmagan[21].

1941-yildan 1943-yilgacha boʻlgan ikkinchi qayta tiklash loyihasi davomida plitkalarning keramik qoplamasi olib tashlangan va qayta oʻrnatilgan[22].

Yashil masjidni taʼmirlash ishlari 2010-yilda boshlanib, 2012-yilning 11-may sanasida nihoyasiga yetkazilgan. Taʼmirlash ishlariga 1,8 million turk lirasi sarf qilingan[23].

Bugungi kunda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yashil masjid hozirgi kunda Bursadagi mashhur sayyohlik maskani hisoblanadi. 2014-yilda masjid UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[24].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Video: Bursa Yashil masjidi, 2017-yil

Yashil masjid teskari T-reja asosida qurilgan boʻlib, janub tomonida ikki qavatli kub shaklida bino barpo qilingan. Masjidning kirish qismida vestibyul boʻlib, qisqa zinapoyaga olib boradi, zinapoya orqali esa markaziy namoz oʻqish zaliga kirish mumkin[25]. Ushbu zinapoyaning har ikki tomonida poyabzal qoʻyish uchun toʻrtta marmar shkaf joylashgan. Ushbu arxitekturaviy xususiyatlar masjid hovlisining avval tosh bilan qoplanganligini koʻrsatadi, hozirda esa u yerga gilam toʻshalgan[26].

Shimoldan janubga qarab choʻzilgan markaziy zal sharq va gʻarb tomonlarida ayvonlar bilan oʻralgan. Ikkala ayvon ham ikki qavatli boʻlib, gumbazlar bilan qoplangan. Birinchi qavatdagi burchak xonalariga olib boruvchi ikkita kichikroq ayvonlar mavjud boʻlib, ular binoning shimoliy tomonidagi xonalarga oʻxshash, har birida kamin joylashgan. Shimoli-janub tomonda joylashgan zal sharqiy-gʻarb tomonga choʻzilgan uzunroq yoʻlak bilan kesishgan[27].

Zalda sakkiz qirrali, oq marmardan yasalgan favvora joylashgan boʻlib, uning ostida hovuz mavjud. Bu hovuz masjidning eng baland gumbazi ostida joylashgan boʻlib, yuqoridan chiroq orqali yoritiladi. Hovuzning har ikkala tomonida yana ikkita ayvon mavjud, ular sayohatchi darvishlar uchun ajratilgan xonalarga olib boradi. Suv havzasining orqa qismida (markaziy zalning kirish qismidan qaralganda) joylashgan balandroq ayvon esa bevosita namozxonaga olib boradi. Ushbu ayvonning janubiy (qibla) devorida mehrob joylashgan, derazalari sakkizta.

Yashil masjidning kirish qismidan keyinoq foye joylashgan. Bu yerdan Vizantiya meʼmorchiligi asosida yaratilgan ustunlar bilan oʻralgan keng yoʻlaklar har ikki tomonga choʻzilib, sultonning xonalariga olib boradi va soʻngida zinapoyalar bilan tugaydi[28]. Burchakdagi ushbu xonalar ichki hovliga qaratib qurilgan[29]. Burchakdagi xonalar orasida shimol tomonda balkonlarga olib chiquvchi yoʻlak joylashgan boʻlib, u yerdan minoraning yuqori qismiga olib boruvchi zinapoyalar boshlanadi. Shimoliy jabhaning qarama-qarshi tomonlarida joylashgan ikkita minora keyinchalik bunyod etilgan. Majmuada, shuningdek, ayvon qurish ham loyihasi ham rejaga kiritilgan, biroq bu yerda hech qachon ayvon qurilmagan.

Bino tepasidagi gumbazlar dastlab koʻk va yashil koshinlar bilan, hozirgi kunda esa qoʻrgʻoshin bilan qoplangan[30]. Gumbazlarning baraban qismida va tashqi devorlarida oʻyib ishlangan derazalar mavjud. Markaziy zalda tahorat havzasi ustidagi okulus restavratsiya vaqtida chiroq bilan yopilgan[30].

Ikkita minora rekonstruksiya paytida barokko uslubida oʻyilgan tosh shpallar bilan jihozlangan. Ularga faqat sultonning xonalari orqali, chordoqlarga aylanma zinapoyalarga koʻtarilish orqali oʻtish mumkin[31].

Umumiy koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yashil masjid bilan bir xil majmuada joylashgan Yeşil Türbe (Yashil maqbara) koshini. Xuddi shunday rang-barang va murakkab koshinlar Yashil masjidda, xususan, mehrobda ishlatilgan.

Yashil masjid turli xil plitka texnikalaridan foydalanilganligi bilan ajralib turadi (jumladan, qora chiziqli plitkalar, koʻpincha cuerda seca plitkalari bilan adashtiriladi, lekin texnik jihatdan ular alohida-alohida plitkalar hisoblanadi)[32]. Shuningdek, bir xil rangdagi va turli ranglardagi (yashil, koʻk, firuza, oq, sariq, och binafsha va toʻq binafsha) plitkalardan ham foydalanilgan[33]. Qora chiziqli plitkalar masjiddagi umumiy plitkalarning asosiy qismini tashkil qilib[32], Usmoniylar hududiga Temuriylar tomonidan tez-tez uyushtirilgan bosqinlar natijasida shakllangan[34]. Bu taʼsirni Temuriylar davrida ishlangan keramika buyumlarida[32], Temuriylar meʼmorchiligida, jumladan, Shohizinda ziyoratgoh majmuasi ichidagi maqbaralarda ham kuzatish mumkin[35]. Shu bilan birga kirish yoʻlagi, ayvonlardagi koʻk va firuza rangli sirlangan plitkalar, shuningdek, ayvonlardagi oltin bilan bezatilgan yashil olti burchakli plitkalarda[36] Saljuqiylar meʼmorchiligi taʼsiri sezilib turadi (buni Konyadagi Karatay madrasasida ham koʻrish mumkin)[37].

Ichki qismdagi plitkalarni bezash

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masjid mehrobida koʻplab murakkab qora chiziqli koshinlar, oʻn ikki qator muqarnas va ikkita qovurgʻali ustunlar mavjud.

Vestibyul va namozxonani bogʻlaydigan yoʻlakda devorlar toʻq yashil, olti burchakli plitkalar bilan qoplangan boʻlib, har bir devorning markazida katta dumaloq bezak joylashgan. Ushbu dumaloq bezaklar oq, sariq, yashil va koʻk ranglar bilan sirlangan plitkalarda gulli islimiy naqshlarini[38] aks ettiradi[39].

  1. „Yeşil Cami | Archnet“. www.archnet.org. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-mart.
  2. Centre. „Bursa and Cumalıkızık: the Birth of the Ottoman Empire“ (en). UNESCO World Heritage Centre. Qaraldi: 2024-yil 10-aprel.
  3. Ersoy, Ahmet (2007-01-01). "Architecture and the Search for Ottoman Origins in the Tanzimat Period". Muqarnas Online 24 (1): 117–139. doi:10.1163/22118993-90000113. ISSN 0732-2992.
  4. 1 2 Freely, John. A history of Ottoman architecture. WIT Press, 2011 45–49-bet. ISBN 9781845645069. OCLC 714042767. 
  5. Blair, Sheila S.. The Art and Architecture of Islam 1250-1800 (en). Yale University Press, 1995 142–144-bet. ISBN 9780300064650. 
  6. Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture (en). New York: Thames & Hudson, 1971 64-bet. ISBN 0500274290. 
  7. „Ivaz bin Ahi Bayezid“. Archnet. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-mart.
  8. Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture (en). New York: Thames & Hudson, 1971 66-bet. ISBN 0500274290. 
  9. 1 2 Freely, John. A history of Ottoman architecture. WIT Press, 2011 45–49-bet. ISBN 9781845645069. OCLC 714042767. 
  10. 1 2 Blair, Sheila S.. The Art and Architecture of Islam 1250-1800 (en). Yale University Press, 1995 142–144-bet. ISBN 9780300064650. 
  11. 1 2 Ersoy, Ahmet (2007-01-01). "Architecture and the Search for Ottoman Origins in the Tanzimat Period". Muqarnas Online 24 (1): 117–139. doi:10.1163/22118993-90000113. ISSN 0732-2992.
  12. Blessing, Patricia (September 2017). "Seljuk Past and Timurid Present: Tile Decoration of the Yeşil Külliye in Bursa". Gesta 56 (2): 225–250. doi:10.1086/692804. ISSN 0016-920X.
  13. Kuban, Doğan. Turkish Culture & Arts (en). BBA, 1986 70-bet. 
  14. „Yeşil Cami | Archnet“. www.archnet.org. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-mart.
  15. Ersoy, Ahmet. Architecture and the late Ottoman historical imaginary : reconfiguring the architectural past in a modernizing empire, 2017-07-05. ISBN 9781351576000. OCLC 999614479. 
  16. 1 2 Girardelli, Miyuki Aoki. Léon Parvillée and the Discourse on "Turkish" Architecture, 2006 160, 164, 165-bet. 
  17. Saint-Laurent, Béatrice „Léon Parvillée, His Role as Restorer of Bursa's Monuments and His Contribution to the Exposition Universelle of 1867“, . L'Empire ottomane, la république de Turquie, et la France Batu: , 1986 247–282-bet. 
  18. Saint-Laurent, Béatrice „Léon Parvillée, His Role as Restorer of Bursa's Monuments and His Contribution to the Exposition Universelle of 1867“, . L'Empire ottomane, la république de Turquie, et la France Batu: , 1986 247–282-bet. 
  19. Blessing, Patricia (September 2017). "Seljuk Past and Timurid Present: Tile Decoration of the Yeşil Külliye in Bursa". Gesta 56 (2): 225–250. doi:10.1086/692804. ISSN 0016-920X.
  20. Freely, John. A history of Ottoman architecture. WIT Press, 2011 45–49-bet. ISBN 9781845645069. OCLC 714042767. 
  21. „Yeşil Cami | Archnet“. www.archnet.org. 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-mart.
  22. Blessing, Patricia (September 2017). "Seljuk Past and Timurid Present: Tile Decoration of the Yeşil Külliye in Bursa". Gesta 56 (2): 225–250. doi:10.1086/692804. ISSN 0016-920X.
  23. „Historic mosque opens after renovation in Bursa province“. Hürriyet Daily News. Qaraldi: 2019-yil 10-mart.
  24. „Bursa and Cumalıkızık: the Birth of the Ottoman Empire“. UNESCO World Heritage Centre. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
  25. „Yeşil Cami“. Archnet. 2025-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 3-fevral.
  26. Godfrey, Goodwin. A History of Ottoman Architecture. Baltimore: Johns Hopkins Press, 1971 64-bet. ISBN 978-0801812026. 
  27. „Yeşil Cami“. Archnet. 2025-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 3-fevral.
  28. Godfrey, Goodwin. A History of Ottoman Architecture. Baltimore: Johns Hopkins Press, 1971 59-bet. ISBN 978-0801812026. 
  29. Godfrey, Goodwin. A History of Ottoman Architecture. Baltimore: Johns Hopkins Press, 1971 60-bet. ISBN 978-0801812026. 
  30. 1 2 „Yeşil Cami“. Archnet. 2025-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 3-fevral.
  31. Godfrey, Goodwin. A History of Ottoman Architecture. Baltimore: Johns Hopkins Press, 1971 65-bet. ISBN 978-0801812026. 
  32. 1 2 3 Blessing, Patricia (2017). "Seljuk Past and Timurid Present: Tile Decoration of the Yeşil Külliye in Bursa". Gesta 56 (2): 236. doi:10.1086/692804.
  33. Blessing, Patricia (2017). "Seljuk Past and Timurid Present: Tile Decoration of the Yeşil Külliye in Bursa". Gesta 56 (2): 238. doi:10.1086/692804.
  34. Blessing, Patricia (2017). "Seljuk Past and Timurid Present: Tile Decoration of the Yeşil Külliye in Bursa". Gesta 56 (2): 227. doi:10.1086/692804.
  35. Blessing, Patricia (2017). "Seljuk Past and Timurid Present: Tile Decoration of the Yeşil Külliye in Bursa". Gesta 56 (2): 242. doi:10.1086/692804.
  36. Blessing, Patricia (2017). "Seljuk Past and Timurid Present: Tile Decoration of the Yeşil Külliye in Bursa". Gesta 56 (2): 237. doi:10.1086/692804.
  37. Blessing, Patricia (2017). "Seljuk Past and Timurid Present: Tile Decoration of the Yeşil Külliye in Bursa". Gesta 56 (2): 248. doi:10.1086/692804.
  38. Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture. Johns Hopkins Press, 1971 60-bet. 
  39. Bernus-Taylor, Marthe (1997). "Le décor du 'Complexe Vert' à Bursa, reflet de l'art timouride". Cahiers d'Asie Centrale 3/4: 253. http://asiecentrale.revues.org/493.