Yashil karta (Green Card)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yashil karta (Green Card) avtotransport egalarining fuqarolik masʻuliyatini majburiy sugʻurtalash toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tizimi va xorijga chiqayotganlarning fuqarolik masʻuliyatini sugʻurtalash dasturi. «Yashil karta» tizimning qatnashchilari boʻlib Yugoslaviyadan tashqari Evropa davlatlari, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Afrikadagi ayrim davlatlar, shuningdek Latviya, Estoniya, Moldova va Ukraina hisoblanadi. «Yashil karta» chet el fuqarolarining ushbu davlatlar hududlariga avtomobilda kirishning majburiy sharti hisoblanadi. Tizim 1949 yilda tashkil topgan. Ushbu sugʻurtaning huquqiy munosabatlarini belgilab beruvchi sugʻurta polisning rangidan Oʻz nomini olgan. «Yashil karta» (Green Card) - sugʻurta hujjati Ittifoqning aʻzosi boʻlgan mamlakatning sugʻurta kompanyasi tomonidan beriladi. U Ittifoq aʻzolari boʻlgan davlatlar hududida haqiqiy hisoblanib, keyinchalik «Yashil karta» bergan sugʻurta kompaniyasi rasmiylashtrish va zararni qoplab berish xarajatlarini toʻldirishi sharti bilan ushbu mamlakat sugʻurta kompaniyalari etkazilgan zararni hujjatlashtirib «Yashil karta» egalari tomonidan uchinchi shaxslarga etkazilgan zararni qoplab berish majburiyatini oladilar.

Manba: http://www.unic.gov.uz/uzb/glossary.php