Yashil suvoʻtlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yashil Suvo`tlardan yoʻnaltirildi)
Yashil suvoʻtlar

Yashil suvoʻtlar — tuban oʻsimliklar boʻlimi (tipi). Hujayrasida yashil xlorofill mavjud. Yashil suvoʻtlarda yuksak oʻsimliklar tarkibidagi kabi pigmentlar bor. Bir hujayrali, kolonial va koʻp hujayrali, baʼzilari hujayrasiz tuzilishga ega. Hujayrasiz bir yadroli yoki kamdan-kam koʻp yadroli, sellyuloza qobiq bilan oʻralgan. Xromatoforalar perinoidli, jinssiz, jinsiy va vegetativ koʻpayadi. Koʻpayish organlari vazifasini vegetativ hujayralar bajaradi. Yashil suvoʻtlar chin-yashil suvoʻtlar va konʼyugatlar kenja boʻlimiga ajratiladi. Yashil suvoʻtlar ning 360 turkumi, 5700 turi maʼlum. Asosan, chuchuk suvlarda va dengizlarda tarqalgan.