Yarimfabrikat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yarimfabrikat — bir korxonada ishlab chiqarilgan va aksariyat boshqa korxonada ishlab chiqariladigan murakkab mahsulotlarning tarkibiy qismi tarzida foydalaniladigan tayyor mahsulot. Korxonaning oʻzida ishlab chiqarilgan hamda chetdan sotib olingan Ya.larga boʻlinadi. Mas, avtomobil dvigateli yoki avtomobil gʻildiraklari avtomobilni yigʻishda foydalaniladigan Ya. hisoblanadi. Bir sexda tayyorlanib, ikkinchi sexda qayta ishlashni talab etadigan mehnat mahsulotlari (mas, qora va rangli metallar, kimyoviy tolalarning dastlabki tayyorlamalari) korxonaning oʻzida ishlab chiqarilgan Ya. deyiladi. Kooperatsiya yoʻli bilan yetkazib beriladigan mahsulotlar sotib olingan Ya. deyiladi (mas, paxta tozalash sanoati korxonalarida tayyorlangan paxta tolasi ip yigiruv korxonalari uchun Ya.dir).