Kurosio

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yaponiya oqim idan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Kurosio (yaponcha kuro — qora, sio— oqim), Kuro-Sivo, Yaponiya oqim i — Tinch okeandagi iliq oqim. Yaponiyaning jan. va sharqiy qirgʻoqlari boʻylab oqadi. Sharqiy Xitoy dengizining shim. qismi bilan okeanning unga tutash qismidagi suv sathining har xilligi natijasida vujudga keladi. K.ning Ryukyu o.larining shim. boʻgʻozlaridan chiqqan joyidan 36° shahrik. va 150° shq.u. gacha boʻlgan qismi uning asosiy qismi hisoblanadi. Oqimning ayrim tarmoqlari 40° shahrik. gacha borib, sovuq Kuril oqimi bilan qoʻshiladi. Xonsyu o.ning jan.da K.ning eni 170 km, chuq. 700 m gacha. Avgustda temperaturasi 25—28°, fevral

da 12—18°. Tezligi jan.da soatiga 6 km, shim.da 1–2 km. Oqim Tinch okean shim. qismining iqlimini yumshatib, gidrologik sharoitiga taʼsir etadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil