Payza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yapon Tarig'idan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Payza, paydza (xitoycha-moʻgʻulcha) — yorliq. Chingizxon Yasyasiga binoan joriy etilgan, oltin, kumush, choʻyan, jez hamda yogʻoch taxtachalarga bitilgan, moʻgʻul xonlari tomonidan moʻgʻullar hukmronligiga tobe mamlakatlarga tayinlangan noiblar, shuningdek, chopar va elchilarga, ularning lavozimlariga qarab beriladigan yorliq, buyruq. Noiblarga hamda elchilarga beriladigan oltin P.ga xonning buyruklari yozilgan va ular noib yoki elchiga cheksiz vakolat huquqini bergan. P. egasi istagan narsani talab qilishga haqli boʻlgan, uning talabi soʻzsiz bajarilgan. Maqalliy hukumat vakillari P. bor maʼmurga ot, yoʻl koʻrsatuvchi kishi, oziq-ovqat va boshqa xizmatlarni koʻrsatishga masʼul boʻlganlar. P.ning darajasiga qarab unga qush yoki hayvon rasmi solingan. Eng oliy darajali P. yuziga yoʻlbars surati tushirilgan. Bu turdagi P. hukmronlik va daxlsizlik belgisi boʻlib xizmat qilgan. P.ga ega shaxslar talanish yoki jazolanishdan mustasno edilar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil