Yapaloqsimonlar
| Yapaloqsimonlar | ||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Aquila chrysaetos | ||||||||||||||||
| Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||
| ||||||||||||||||
| Strigiformes | ||||||||||||||||
Yapaloqsimonlar tarqalish hududi | ||||||||||||||||
Oilalari | ||||||||||||||||
| ||||||||||||||||
Yapaloqsimonlar (lotincha: Strigiformes) — Qushlar sinfining bir turkumi. Ikkta oilaga birlashtiriluvchi 200dan ortiq turni o‘z ichiga oladi.Yapaloqsimonlarning aksariyati tungi hayot tarzini kechiruvchi yakka yashovchi qushlar bo‘lib, yirik bosh, yaxshi rivojlangan eshitish va ko‘rish qobiliyati, o‘tkir tirnoqlar va deyarli shovqinsiz parvozga moslashgan patlari bilan ajralib turadi.
Yapaloqsimonlar asosan mayda sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanadi, ayrim turlari esa baliq ovlashadi. Ular Antarktidadan tashqari barcha qit’alarda tarqalgan bo‘lib, qutb muzliklari va ayrim olis orollarda uchramaydi. O‘zbekistonda yapaloqqushlar oilasiga kiruvchi 8 turi uchraydi[1].
Taksonomiyasi va Sistematikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazkur turkum tarkibiga hozirgi kunda mavjud ikkta oila, hamda to‘rtta yo‘qolib ketgan oila kiradi.
- Yapaloqqushlar oilasi (Strigidae) — 3 kenja oila, 23 urugʻ va 234 tur[2].
- Boyqushlar oilasi (Tytonidae) — 2 urugʻ va 20 tur[2].
Karl Linney barcha yirtqich qushlarni, jumladan Strix urugʻini, bitta turkum tarkibiga birlashtirgan. Keyinchalik Louis Pierre Vieillot ushbu turkumni ikki guruhga — kunduzgi va tungi yirtqich qushlarga ajratishni taklif qilgan. Qushlar sistematikasida bu tasnif uzoq vaqt davomida qo‘llanilib keldi.
So‘nggi yillarda o‘tkazilgan genetik tadqiqotlar natijasida kunduzgi yirtqich qushlar yagona evolyutsion guruh emasligi aniqlandi. Shu sababli avval yagona turkum sifatida qaralgan kunduzgi yirtqich qushlar bir necha mustaqil turkumlarga ajratildi. Natijada “kunduzgi yirtqich qushlar” va “tungi yirtqich qushlar” atamalari taksonomik birlik sifatidagi ahamiyatini yo‘qotdi va zamonaviy ilmiy tasnifda qo‘llanilmaydi.
Kladogramma
| Telluraves |
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Мекленбурцев Р.Н., Митропольский О.В., Фоттелер Э.Р., Третьяков Г.П., Фундукчиев С.Э.,Назаров А.П., Сагитов А.К. Птицы Узбекистана, том 2. Ташкент: "Фан" УзССР. 1990.
- 1 2 Andoza:IOC WBL